Koronavirusdan ogohlantiruvchi SMS’lar nega kelmay qo‘ydi?

  •   DiMaX
  •  628
  •  03.06.2020 17:47

Koronavirusdan ogohlantiruvchi SMS’lar nega kelmay qo‘ydi?

Bugun – 3 iyun kuni AOKA huzuridagi shtabda Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi bosh inspektori Nurmat Otabekov ishtirokida brifing o‘tkazildi. Unda koronavirus borasida muhim savol va murojaatlar yuzasidan ma’lumotlar taqdim etildi.

O‘QING: Speedtest: O‘zbekistonda pandemiya vaqtida simli va mobil internet tezligi oshdi

– Nega telefonlarga ogohlikka da’vat etuvchi SMS-xabarlar kelmay qo‘ydi? Odamlar niqob, antiseptiklar, qo‘lni sovunlab yuvish to‘g‘risida eslatib turilmasa ehtiyotkorlikni unutishmoqda?

– To‘g‘ri, telefonlarga SMS-xabarlar kelishi to‘xtadi, lekin buning o‘rniga muntazam OAV orqali targ‘ib qilinmoqda.

– Mirzo Ulug‘bek tumanidagi Ulug‘bek shaharchasi qizil hududga kiritilgani uchun shifokorlar qabuliga borolmayapmiz. Oilaviy poliklinika ishlamayapti. Yaqin oradagi tibbiyot muassasalari tibbiy xizmat ko‘rsatishdan bosh tortishdi. Turmush o‘rtog‘imga tashxis qo‘yilishi uchun tahlil topshirishlari zarur.

– Agar turmush o‘rtog‘ingizda biror o‘tkir kasallik bor bo‘lib, unga tez tibbiy yordam zarur bo‘lsa tez yordam mashinasini uyga chaqiring. Har qanday vaziyatda ham tuman tibbiyot birlashmasi sizning muammongizni yechishi lozim.

– Oliy toifali shifokorman. Karantin tufayli aprel oyida toifamni qayta tasdiqlata olmadim. Toifa muddati tugaganligi sabab maoshimni qisqartirishdi. Endi toifamiz ham pasaytiriladimi?

– Bu masala bilan SSV attestatsiya komissiyasi shug‘ullanyapdi. O‘zbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishini oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash buyicha respublika maxsus komissiyasiga takliflar kiritilgan, yaqin kunlarda aniq javobni e’tiboringizga yetkazamiz.

O‘QING: O‘zbek tadqiqotchisi koronavirusga qarshi qurilma yaratdi!

– Tahlil natijasidagi 1 marta xatolik, ikkinchi natijada manfiy bo‘lsa karantinda ushlab turish mumkinmi?

– Agar birinchi marta koronavirusga topshirgan tahlil natijasi musbat chiqqan bo‘lsa kasalxonada nazoratda bo‘lishi kerak, ikkinchi marta tahlil natijasi manfiy chiqsa ham 14 kun nazoratda bo‘ladi.

– Koronavirusga chalinganlarning ko‘pchiligi xalqaro yuk tashuvchi haydovchilar. Ularning vaqtida karantinga olinishi ta’minlanyaptimi?

– Ha, epidemik noxush davlatlarga borib kelgan barcha shaxslar 14 kun muddatga karantinga olinyapti.

– Ko‘plab virus tashuvchisi bo‘lgan hashoratlar (burga, klapa, chivin) koronavirus tashuvchisi bo‘lishi mumkinmi?

– Yo‘q, bu hashoratlar koronavirus infeksiyasi tashuvchisi bo‘lishmaydi.

O‘QING: Yigirmata saytga bepul kirish muddati naq 30 iyungacha uzaytirildi!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!