Koronavirusdan uyda davolanayotganlar uchun Call-center va mobil guruhlar tashkil etiladi

  •   DiMaX
  •  452
  •  08.07.2020 18:12

Koronavirusdan uyda davolanayotganlar uchun Call-center va mobil guruhlar tashkil etiladi

Respublika maxsus komissiyasi qaroriga ko‘ra, 2020 yil 10 iyuldan 2020 yil 1 avgustga qadar respublika miqyosida quyidagi karantin cheklovlari joriy etildi. Bu xususda Sof.uz nashri xabar bermoqda.

O‘QING: Bill Geyts: «Koronavirus vaksinasi samarasiz bo‘lishi mumkin»

Shuningdek, koronavirus infeksiyasini yuqtirib olgan bemorlar bilan aloqada bo‘lgan shaxslarni karantinda saqlashning quyidagilarni nazarda tutuvchi tartibi joriy etildi:

- aholiga, shu jumladan, uy sharoitida davolanayotgan bemorlar hamda karantinga olingan shaxslarga tibbiy maslahat hamda axborot berishga qaratilgan tunu-kun uzluksiz faoliyat ko‘rsatuvchi Call-center faoliyati yo‘lga qo‘yiladi;

- uy sharoitida davolanayotgan bemorlar hamda karantinga olingan shaxslarga joyiga chiqqan holda tibbiy yordam ko‘rsatishga ixtisoslashgan mobil guruhlar tashkil etiladi.

Koronavirus pandemiyasi davrida O‘zbekiston Respublikasiga(dan) yo‘lovchi tashish bo‘yicha xalqaro aviatashuvlarni tashkil etish to‘g‘risidagi Vaqtinchalik tartib tasdiqlandi.

Cheklovlarga so‘zsiz rioya etilishi ustidan qat’iy nazorat o‘rnatiladi hamda mazkur talablarni buzgan shaxslarga nisbatan belgilangan tartibda javobgarlik choralari qo‘llanadi.

O‘QING: TOP-10: Koronavirusdan foyda olayotgan IT-kompaniyalar