«Koronavirusga ham 5G aybdor!» – kishilar aloqa antennalarini yoqib, operator xodimlariga hujum qilishyapti

  •   DiMaX
  •  778
  •  06.04.2020 16:21

«Koronavirusga ham 5G aybdor!» – kishilar aloqa antennalarini yoqib, operator xodimlariga hujum qilishyapti

 Garchi 5G texnologiyasining xavfi borasidagi tajriba kutilmagan natijani ko‘rsatgan esa-da, uning joriy etilishiga qarshi bo‘lganlar ham ko‘p. Ammo hattoki koronavirus infeksiyasining tarqalishiida ham uni ayblash – bu endi haqiqiy fitna nazariyasidir.

O‘QING: Mana, 5G tarmoqlarining birinchi va haqiqiy xavfi!

Reuters axborot agentligi xabariga ko‘ra, Buyuk Britaniyada ayrimlar shunaqa deb hisoblab, 5G tarmog‘ining joriy etilishiga qarshi kurashishmoqda. Mamlakatning bir nechta hududlarida kishilar uyali aloqa antennalari o‘rnatilgan minoralarni yoqib yuborishgan, operatorlar xodimlariga tashlanishgan.

5G antennalarining koronavirusga aloqadorligi haqidagi jurnalist savoliga mamlakat vazirlar mahkamasi a’zosi Maykl Gov (Michael Gove) shunday javob bergan: «Bu shunchaki uydirma, lekin xavfli uydirma».

Angliyadagi eng yirik BT telekommunikatsion kompaniyasining Birmingemdagi minorasi yoqib yuborilishi unga katta moddiy zarar yetkazgan. Yanada qizig‘i – bu operator hali 5G xizmatlarini taqdim etishni boshlagani ham yo‘q!

O‘QING: 5G tarmog‘i ishga tushgan 34 ta mamlakatdan bittasi allaqachon monopol bo‘lib ulgurdi!

NHS England sog‘liqni saqlash milliy tashkiloti rahbari Stiven Pouis (Stephen Powis) ham 5G hamda koronavirusning o‘zaro bog‘liqligi – ilmiy asoslanmagan mish-mish ekanini aytgan. Shuningdek, u antennalarga zarar yetkazish aks ta’sir etishi – koronavirus haqida xabarlar uzatishga to‘sqinlik qilishini ham ta’kidlagan. Zero, sog‘liqni saqlash tizimi hamda shoshilinch yordam xizmatlari xodimlari ham shu telefon tarmoqlaridan foydalanishadi.

Uyali aloqa operatorlarining manfaatlarini himoya qiluvchi boshqa kompaniyalar ham koronavirusni 5G bilan bog‘lab, buzg‘unchilik qilish holatlari uchrayotganini ta’kidlashgan. Uyali alova tarmog‘ining kattaligi bo‘yicha dunyoda ikkinchi o‘rinda turuvchi Vodafone fikricha, antennelarga hujum qilish – milliy xavfsizlikka ham tahdiddir.

Aytib o‘tish kerakki, Ucell uyali aloqa operatori O‘zbekistonda ilk bor 5G tarmog‘ini sinovdan o‘tkazgan va keyinroq amalda ishga tushirgan. Shuningdek, Uzmobile ham 5G texnologiyasini sinov tariqasida joriy etgan.

O‘QING: 5G tarmog‘i bizga qanday muammolar olib keladi?

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!