Koronavirusga qarshi kurashda iPhone qanday yordam beradi?

  •   DiMaX
  •  706
  •  17.02.2020 11:56

Koronavirusga qarshi kurashda iPhone qanday yordam beradi?

Kuni kecha Yaponiyaning Iokogama shahri porti oldida Princess Diamond kemasi karantin uchun to‘xtatib qo‘yildi. Sababi – undagi 3700 nafar yo‘lovchidan bittasi COVID-2019, ya’ni koronavirus yuqtirib olgani aniqlangan.

O‘QING: Xitoyda koronavirus epidemiyasining ilk foydasi namoyon bo‘ldi!

Yaponiya Sog‘liqni saqlash vazirligi kemada qamalda qolganlarga smartfonlar yetkazib berish zarurligini ta’kidlab turib oldi. Chunki yo‘lovchilar bu yoqdagi shifokorlar bilan muloqotda bo‘la olishlari, muntazam tarzda ularni o‘z ahvollaridan xabardor qilib va tegishli tavsiyalarni olib turishlari lozim edi.

Shu boisdan dastlab layner yo‘lovchilariga arzon Android-smartfonlar bermoqchi bo‘lishgan, lekin aniqlanishicha, ularda Sog‘liqni saqlash vazirligining maxsus ilovasi yaxshi ishlamas ekan. Shu boisdan yo‘lovchilarga ikki mingdan oshiq Apple smartfonlari – iPhone 6s modelidan yetkazib berishgan. Bunda kemada oilaviy kelganlar bir nechtasi bitta smartfondan foydalanishlari mumkin.

Afsuski, ayfonlar orqali masofadan turib berilgan tibbiy tavsiyalar kutilgan natijani bermagan – 15 fevral kuni laynerda jami 285 kishiga koronavirus yuqqanligi ma’lum bo‘lgan. Yo‘lovchilarning 11 nafariga kemadan chiqish uchun ruxsat berilgan, ammo ularni ham quruqlikda karantinga olishgan. Qolganlarni qo‘yib yuborishmagan – garchi kasallik belgilari ochiq namoyon bo‘lmasa-da, ularga virus yuqmaganligiga ishonch hosil qilmasa bo‘lmaydi.

O‘QING: Olimlar koronavirus yuqqan smartfonni dezinfeksiyalash yo‘llarini aytishdi!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!