Koronavirusga qarshi kurashda Telegram yordam beradi!

  •   DiMaX
  •  792
  •  06.04.2020 10:40

Koronavirusga qarshi kurashda Telegram yordam beradi!

Ko‘pchilik kompaniyalar qatori, Telegram ham koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashga bosh qo‘shgan. Uning bu haqdagi rasmiy maqolasini Telegram Uzbekistan kanali o‘zbekchaga o‘girib e’lon qilgan.

O‘QING: Telegram’dagi taqiq, cheklov va chegaralar

Kanallardan unumli foydalanish

Telegram-kanallar – sizning xabarlaringizni cheksiz ommaga yetkazish uchun kuchli vositadir. 2015 yildan beri ommaviy axborot vositalari tashkilotlari va jamoat arboblari ulardan foydalanib, obunachilarga, saylovchilarga va muxlislarga murojaat qilishmoqda – ayniqsa so‘z erkinligi cheklangan mamlakatlarda.

Yaqinda biz kanallarning yangi turi ommalashib borayotganligini payqadik: bu butun dunyo bo‘ylab Sog‘liqni saqlash vazirliklari tomonidan yaratilgan kanallar. Endilikda O‘zbekiston, Hindiston, Malayziya, Isroil va boshqa ko‘plab davlatlar Telegram orqali yangiliklar, ogohlantirishlar va maslahatlarni ulashmoqda.

O‘QING: Koronavirusni aniqlash bo‘yicha dastlabki testni endi internet orqali topshirish mumkin!

«Tasdiqlangan» belgisini olish tekshirish vositalari

Foydalanuvchilarga ishonchli manbalarni soxta yangiliklardan ajratib olishga yordam berish uchun biz bugun soddalashtirilgan tasdiq jarayonini yo‘lga qo‘ydik.

Agar siz boshqa ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalaringizni tasdiqlagan bo‘lsangiz, bizning yangi @VerifyBot bilan bog‘laning. Ushbu bot sizning kanalingiz, guruhingiz yoki botingizning uchun «Tasdiqlangan» belgisini olishda yordam beradi.

O‘QING: Telegram-kanalingizga «Tasdiqlangan» belgisini qanday olish mumkin?

Foydalanuvchilarga yo‘llangan bildirishnomalar

Ma’lumot – bu global sog‘liq uchun kurashda eng kuchli quroldir – hech bo‘lmaganda biz vaksinani olmagunimizgacha. O‘z hissamizni qo‘shish niyatda, biz virus yangiliklari haqidagi rasmiy kanallarga ega bo‘lgan mamlakatlardagi barcha foydalanuvchilarga ushbu kanallarga obuna bo‘lishni taklif qiladigan bildirishnomalarni yubormoqdamiz.

Biz barcha sog‘liqni saqlash xodimlariga odamlarni xabardor qilishda hamkorlikni taklif qilamiz. Agar siz davlatingizning Sog‘liqni saqlash vazirligida ishlasangiz va uning kanalini targ‘ib qilmoqchi bo‘lsangiz, avval uni @VerifyBot yordamida tasdiqlang va keyin biz bilan [email protected] orqali bog‘laning.

O‘QING: Tarmoqlarning o‘zbek segmentida tarqalgan koronavirus haqidagi 7 yolg‘on

Koronavirus haqida ma’lumot. Coronavirus Info

Foydalanuvchilar o‘z mintaqalaridagi pandemiya haqida aniq va dolzarb ma’lumotlarni topishlari uchun biz koronavirus bilan bog‘liq barcha kalit so‘zlar bo‘yicha qidiruvning asosiy natijasi sifatida ko‘rsatiladigan maxsus kanal yaratdik. Unda mamlakat bo‘yicha rasmiy yangiliklar manbalarining ro‘yxati keltirilgan:

O‘QING: O‘zbekistonning «Koronavirus info» kanalini Telegram rasman tasdiqladi

Kanallar ortidan: Guruhlar va Botlar

Telegram-kanallar ommaviy bir tomonlama xabar ulashuvlari uchun juda yaxshi, ammo agar siz odamlarni xabardor qilish uchun faolroq usullarni izlayotgan bo‘lsangiz, guruhlarni yoki botlarni sinab ko‘ring.

Telegram-guruhlarning har birida 200 000 tagacha a’zoga bo‘lishi mumkin, va ularda tartibni saqlash uchun kuchli vositalar mavjuddir. Masalan, Hindistonning Karnataka shtatidagi shifokorlar foydalanuvchilarning savollariga javob berish uchun ushbu ommaviy guruhdan foydalanadilar.

Telegram-guruhlar haqida batafsil →

Telegram-botlar – bu uchinchi tomon dasturlari bo‘lib, ulardan to‘g‘ridan-to‘g‘ri chatlar ro‘yxatidan foydalanishingiz mumkin. Siz ular bilan tugmalar yordamida aloqa qilasiz va ular har xil turdagi xabarlar va media fayllar bilan javob berishadi. Botlar juda moslashuvchan va ulardan har qanday maqsadda, masalan, ma’lumotni taqdim etishdan tortib, boshqa veb-xizmatlarga qo‘shilishgacha foydalanish mumkin.

Masalan, @QuizBot’ni bir sinab ko‘ring, u shu kabi savol-javob o‘yinlarni yaratishi va ishga tushirishi mumkin.

Telegram-botlar haqida batafsil →

O‘QING: Koronavirus bo‘yicha Telegram-bot ishga tushirildi

Va yana bir narsa

Haqiqiy dunyoda niqoblar yetishmasligi bilan biz hech narsa qila olmadik, ammo bizning rassomlarimiz sizning Telegram-ilovangizga cheksiz miqdordagi niqoblarni sig‘dirish yo‘lini topdilar.

Ushbu to‘plamdagi niqoblarni Telegram’ning ichki Fototahriri yordamida yuborgan har qanday fotosuratlarga qo‘llashingiz mumkin. Bu xabardorlikni oshirish, raqamli gigiyena qoidalariga rioya qilish yoki shunchaki burningizni yashirish maqsadida bo‘ladimi – barchasi sizga bog‘liq.

Uyda qoling, qo‘llaringizni yuving va xavfsizlikda bo‘ling. Keyingi xabarlarimizni kuzatib boring.

O‘QING: Telegram’da koronavirus haqida yolg‘on tarqatgan deputatga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!