Koronavirusni aniqlash bo‘yicha dastlabki testni endi internet orqali topshirish mumkin!

  •   DiMaX
  •  2024
  •  30.03.2020 15:41

Koronavirusni aniqlash bo‘yicha dastlabki testni endi internet orqali topshirish mumkin!

Yurtimizda jamoatchilikni koronavirus  to‘g‘risida xabardor qilish va tarqalishining oldini olish borasidagi chora-tadbirlarni keng jamoatchilikka yetkazishga jiddiy ishlar qilinmoqda. Shu maqsadda rasmiy http://coronavirus.uz/uz veb-sayti tashkil qilingan.

O‘QING: AliExpress asoschisi koronavirusga qarshi kurashda O‘zbekistonga yordam beradi

UZINFOCOM Yagona integratori hamda Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan birga tashkil etilgan rasmiy http://coronavirus.uz/uz veb-sayti orqali koronavirus (COVID-19)ni aniqlash bo‘yicha dastlabki testni topshirish imkoni yaratildi. Bu xususda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi xabar bermoqda.

Koronavirusni aniqlash bo‘yicha dastlabki test savollari Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda virusolog olimlar bilan kelishilgan holda tuzilgan, deyiladi AKT vazirligi xabarida.

Saytning yuqori o‘ng burchagidagi, qizil fonli «COVID-19 NI ANIQLASh BO‘YIChA DASTLABKI TEST» havolasi ustiga bossangiz, «Koronavirusga tekshirish testi» nomli Telegram-botga yo‘naltiradi. Saytga kirib o‘tirmasdan, shu botga @checkCoronavirusBot havolasi orqali o‘tsangiz ham bo‘laveradi. O‘sha joyda tilni tanlab, savollarga javob berib boraverasiz.

O‘QING: Koronavirus haqida tarmoqlarda soxta axborot tarqatgan qashqadaryolikka ma’muriy qamoq jazosi qo‘llandi