Koronavirusning eng aniq 3D-modeli ishlab chiqildi (+video)

  •   DiMaX
  •  565
  •  12.11.2020 08:58

Koronavirusning eng aniq 3D-modeli ishlab chiqildi (+video)

Esingizda bo‘lsa, bahorda amerikalik biologlar koronavirusning «ovozi»ni yozib olishgan edi va u klassik musiqaga o‘xshaydi. Endi bo‘lsa Podshoh Abdulloh nomidagi fan va texnologiyalar universiteti mutaxassislari koronavirusning eng aniq 3D-modelini ishlab chiqishdi, deb yozadi Sof.uz nashri.

O‘QING: Koronavirus to‘rtta kompaniyani dunyoning eng qimmat brendlari safiga olib chiqdi

Ta’kidlanishicha, ushbu model koronavirusning atom darajasidagi tuzilishini namoyish qiladi va avval unda ilg‘ab bo‘lmagan detallarni o‘z ichiga olgan. Modelni yaratish uchun virusning mikroskop yordamida olingan suratlari va oqsillar ma’lumotlar bazasidan foydalanilgan.

«Biz yaratgan model shunchaki lipid membranada ixtiyoriy ravishda joylashtirilgan oqsil tojlarni emas, balki virusning to‘liq tuzilishini namoyish qiladi», deb aytgan tadqiqot mualliflaridan biri Ngan Nguyen.

Mutaxassislar virus sirtidagi oqsil tojlari va retseptorlarni, uning ichidagi genetik materialni aks ettirishga muvaffaq bo‘lishgan.

Olimlar yaratilgan model koronavirus infeksiyasini batafsilroq o‘rganishga va unga qarshi dori vositalari ishlab chiqilishini tezlashtirishga imkon berishiga umid bildirishgan.

O‘QING: Bill Geyts: «Koronavirus bilan bog‘liq vaziyat endi yanada yomonlashadi»

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.