Koronavirusning «ovozi»ni yozib olishdi – klassik musiqaga o‘xshaydi!

  •   DiMaX
  •  4035
  •  07.04.2020 18:19

Koronavirusning «ovozi»ni yozib olishdi – klassik musiqaga o‘xshaydi!

Pandemiya keltirib chiqargan koronavirus rasmlarini internetda ko‘rgan bo‘lsangiz kerak. Amerikalik biologlar esa shu SARS-CoV-2 oqsillarining tebranishlarini yozib olishdi va hosil bo‘lgan musiqani Soundcloud saytida e’lon qilishdi.

O‘QING: So‘zlaydigan kitoblar

Tadqiqot guruhining rahbari Markus Byuler bu haqda shunday deydi:

«Siz tinglayotganingiz – ko‘p qatlamli algoritmik kompozitsiya bo‘lib, unda oqsilning tebranishlari spektrini ham, ritmik elementlarini ham, aminokislotalarning to‘qilgan tarona ko‘rinishida birikishlarini ham aks ettiradi».

Koronavirusning ovozini mana bu havola orqali siz ham tinglab ko‘ring – u tovush chindan ham klassik musiqaga o‘xshaydi.

Shu o‘rinda eslatib o‘tamiz: infeksiya tarqalishining oldini olish maqsadida imkon qadar uyda qolganingiz ma’qul. Bunda sizga qulay bo‘lishi uchun internet va telefon ikki oygacha o‘chmaydigan qilindi, yana beshta ommabop telekanal ochiq rejimda tarqatilyapti, «O‘zbektelekom» yana oltita saytga kirishni bepul qildi, mobil aloqa operatorlari bir qator saytlar va xizmatlarini tekin qilishgan...

O‘QING: «Koronavirusga ham 5G aybdor!» – kishilar aloqa antennalarini yoqib, operator xodimlariga hujum qilishyapti

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!