Korpus rangi o‘zgaruvchi ilk smartfonni «jonli» videoda ko‘ramiz!

  •   DiMaX
  •  1570
  •  03.09.2020 14:35

Korpus rangi o‘zgaruvchi ilk smartfonni «jonli» videoda ko‘ramiz!

Keyingi yillarda aksariyat smartfonlar, ayniqsa orqa paneli jihatidan o‘zaro o‘xshash bo‘lib qolgan. 2018 yildan boshlab gradiyent korpusli qurilmalar urfga kirgan, lekin mashhur insayder Ice Universe e’lon qilgan videodagi smartfon o‘ta boshqacha.

O‘QING: Eng original – aylanma ekranli LG Wing smartfonini ilk «jonli» videoda ko‘ramiz!

Ushbu smartfon korpusi o‘z tusini o‘zgartirish, aniqrog‘i – rangsizlanish qobiliyatiga ega. Insayderning so‘zlariga ko‘ra, bunda uning o‘zgarish tezligini foydalanuvchining o‘zi sozlay oladigan bo‘ladi.

Ice Universe bu smartfonning qaysi kompaniya mahsuloti ekanligini aytmagan; e’tibor bergan bo‘lsangiz kerak – uning kamera blogi ham yashirib qo‘yilgan.

Tuslanuvchi smartfonning ishlab chiqaruvchisi va bu boradagi boshqa ma’lumotlardan birinchilar qatorida xabar topish uchun yangiliklarni Terabayt.uz bilan birga kuzatishda davom eting.

O‘QING: Afsonaviy Nokia 3250 esingizdami? Vivo esa shunaqa form-faktorli smartfon patentladi!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!