Korpusi kuchli himoyalangan Galaxy Tab Active 3 plansheti taqdim qilindi

  •   DiMaX
  •  470
  •  29.09.2020 17:12

Korpusi kuchli himoyalangan Galaxy Tab Active 3 plansheti taqdim qilindi

Samsung o‘zining mustahkam himoyali birinchi plansheti – Galaxy Tab Active modelini 2014 yilda, uning ikkinchi avlodi – Tab Active 2’ni es 2017 yili chiqargan edi. Oradan yana uch yil o‘tib, Galaxy Tab Active 3 ham rasman namoyish etildi.

O‘QING: Ushbu 63 xil Samsung smartfon va planshetlari Android 11’gacha yangilanadi!

Galaxy Tab Active 3 diagonaliga 8 dyuymlik displeyga ega, uning rezolyusiyasi esa 1920x1200 piksellik. Planshetni 2018 yili flagman bo‘lgan Exynos 9810 protsessori bilan ta’minlashgan, unga 4 gigabaytlik tezkor hamda 64 yoki 128 gigabaytlik ichki xotira hamrohlik qiladi.

Kameralari kishini uncha xursand qilmaydi: old kamera 13, selfi-kamera esa 5 megapiksellik. Uchinchi avlod himoyali planshetda 5050 mA/soatlik, korpusdan ajraluvchi akkumulyator qo‘llangan. Unda tezkor quvvatlash texnologiyasi joriy etilgan, biroq Samsung uning necha vattlik ekanini aytmayapti.

Galaxy Tab Active 3 korpusi MIL-STD-810H harbiy standartiga ko‘ra zarbadan muhofaza etilgan. Shuningdek, u IP68 standartidagi himoyaga ham ega, ya’ni 1,5 metrgacha suv tubida yarim soatgacha «jon saqlay» oladi. Planshet jamlanmasiga kiritilgan S Pen stilusi ham IP68 standarti bo‘yicha muhofazalangan.

Yangi gadjetning o‘lchamlari 126,8x213,8x9,9 millimetrni, vazni esa 426/429 grammni tashkil etadi. Qurilmaning qadog‘idagi jamlanmaga kiritilgan himoya g‘ilofi 1,5 metrgacha balandlikdan tushganda shikastlanishdan saqlay oladi.

 Samsung Galaxy Tab Active 3 ekrani sezgir bo‘lib, qo‘lqop orqali ham boshqarish mumkin. Unda eng yangi – Wi-Fi 6 moduli, kontaktsiz to‘lovlar uchun NFC chipi ham qo‘llangan.

Mazkur planshet Android 10 operatsion tizimi bilan taqdim etilgan va Samsung uni to Android 13’gacha (o‘z vaqtida, albatta) yangilab turishga va’da bergan. Galaxy Tab Active 3 narxi va sotuvga chiqish vaqti hozircha aytilmayapti.

O‘QING: Ushbu 38 ta rusumdagi Samsung smartfon va planshetlari naq Android 13’gacha yangilanadi!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.