Korrupsiyada ayblangan Braziliya sobiq prezidentini Huawei nega ishga oldi?

  •   DiMaX
  •  409
  •  26.01.2021 17:16

Korrupsiyada ayblangan Braziliya sobiq prezidentini Huawei nega ishga oldi?

OAVda tarqalgan xabarlarga ko‘ra, Huawei kompaniyasi Braziliya sobiq prezidenti Mishel Temerni shu hududda 5G bo‘yicha maslahatchi sifatida ishga oldi. Xitoyliklar shu tariqa Braziliya beshinchi avlod tarmoqlari bozoriga kirib borishga umid qilishmoqda, deb yozadi Xabar.uz nashri.

O‘QING: Putin rekordchi videoga munosabat bildirdi – «maxfiy saroy»ni u tan olmadi!

E’tiborli jihati nimada? Braziliya yaqindagina mamlakatda Huawei kompaniyasiga mamlakat hududida 5G infratuzilma barpo etishni taqiqlamoqchi bo‘lib turgandi. Xitoyliklar sobiq prezident, shu bilan birga advokat hamda yuridik fanlar doktori Mishel Temerning yordamidan foydalanishmoqchi. Eslatib o‘tamiz, 2019 yili Temer korrupsiyada gumon qilinib hibsga olingandi.

Nima bo‘lganda ham, Mishel Temer bilan ittifoq Huawei uchun foydadan xoli bo‘lmasligi mumkin. Negaki, sobiq prezident amaldagi prezident Jair Bolsonaru bilan yaqin deyishadi. Xitoyliklarga shuning o‘zi yetarli...

O‘QING: Huawei’ning yap-yangi operatsion tizimida ishlayotgan smartfon videosi chiqdi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.