Korrupsiyaning oldini olish uchun yangi bot ishga tushirildi

  •   DiMaX
  •  475
  •  17.07.2020 18:02

Korrupsiyaning oldini olish uchun yangi bot ishga tushirildi

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi sohada korrupsiya holatlarining oldini olish va unga qarshi kurashish maqsadida jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlarini qabul qiluvchi maxsus @Stop_corruptionbot faoliyatini ishga tushirdi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy axborot agentligi xabar bermoqda.

O‘QING: Ijtimoiy masofa saqlash bo‘yicha ogohlantiruvchi Self-Safety mobil ilovasi yaratildi

Endilikda aholi sohaga doir qonunbuzarlik va korrupsiya holatlariga duch kelganda, Telegram messenjeridagi ushbu @Stop_corruptionbot boti yoki (71) 2340604 ishonch telefoni orqali Agentlikka murojaat qilishi mumkin.

Har bir murojaat Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori nazorati ostida ko‘rib chiqiladi.

Murojaatlar fuqaroning shaxsiga doir ma’lumot oshkor etilmagan holda o‘rganiladi va o‘rganish natijalari bo‘yicha hujjatlar zarur hollarda qonuniy baho berish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etiladi.

O‘QING: IIV ogohlantiradi: Telegram’da tarqalayotgan virusli dasturdan ehtiyot bo‘ling!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!