Ko‘zni qising: Android-smartfonni endi yuz ishorasi bilan boshqarasiz!
Google kompaniyasi bu yilgi Google I/O konferensiyasini onlayn tarzda o‘tkazib, unda Android 12 operatsion tizimining ilk ommaviy beta-talqinini namoyish etgan. Uning yaqinda chiqqan to‘rtinchi ommaviy beta-versiyasini “titkilab” ko‘rgan sinovchilar esa yangi funksiyaga duch kelishdi.
O‘QING: Google allaqachon Android 13’ning «shirin» nomini fosh etdi (+barchasining ro‘yxati)
Android 12 so‘nggi beta-talqinida Android Accessibility Suite 12.0.0 ilovasining yangi sinov versiyasi paydo bo‘lgan. Unda smartfonni yuz ishoralari – mimikalar orqali boshqarish funksiyasi mavjud.
Mazkur imkoniyatni kamera sozlamalari orqali faollashtirish mumkin. Ayni damda unda olti xil yuz ifodasini smartfonni boshqarishdagi turli buyruqlarga belgilab qo‘yish ko‘zda tutilgan. Bular – og‘izni ochish, tabassum, qoshni kerish, chapga qarash, o‘ngga qarash, pastga qarash, yuqoriga qarash. Kelajakda esa unga boshqa mimikalar – ko‘z qisish va hokazolar qo‘shilishi kutilmoqda.
Ushbu funksiya Android 12 uchun ishlab chiqilgan bo‘lsa-da, Android 11 boshqaruvi ostida ishlayotgan Google Pixel smartfonlarida allaqachon amal qilmoqda. Mazkur qurilmalar egalari ilovani mana bu havola orqali o‘rnatib olib, foydalanib ko‘rishlari mumkin.
O‘QING: Yuzni asrang, endi Facebook’ka aynan u bilan kirasiz!