«Kratos: Qayta tug‘ilish» – mashhur God of War o‘yini qanday tayyorlangani haqida film

  •   DiMaX
  •  1342
  •  11.05.2019 11:23

«Kratos: Qayta tug‘ilish» – mashhur God of War o‘yini qanday tayyorlangani haqida film

Ishqibozlar yaxshi bilishadi: God Of War – eng ommabop va qiziqarli o‘yinlardan biridir. Turli reytinglarda u 2018 yilning eng yaxshilari qatoridan o‘rin olgan.

O‘QING: D.I.C.E. Awards 2019: Eng zo‘r o‘yinlar mukofotlandi

YouTube videoservisidagi PlayStation rasmiy kanalida «Kratos: Qayta tug‘ilish» nomli hujjatli film e’lon qilindi. Unda dasturchilar jamoasi God Of War o‘yinini qanday tayyorlashgani haqida hikoya qilinadi.

OGOHLANTIRAMIZ: mazkur hujjatli film davomiyligi salkam ikki soatni tashkil etadi va uni tomosha qilishga sarflanadigan trafik hajmi ham shunga yarasha. Lekin ko‘rishga arziydi – unda o‘yinni ishlab chiqish boshlanishidan ham avvalgi voqealar va bevosita uni yaratish jarayonlari haqida ma’lumotlar olasiz:

SIE Santa Monica Studio jamoasi ushbu hujjatli filmda God Of War’ni ishlab chiqqan dasturchilarning murakkab ish faoliyati, ular duch kelgan muammolar hamda kadr ortida qolgan holatlar haqida hikoya qiladi.

Lekin ayrim lavhalar filmga kam kirmay qolgan bo‘lib, SIE Santa Monica Studio kreativ direktori Kori Barlog ularni o‘zining Twitter-akkauntida e’lon qilgan.

O‘QING: PlayStation 5 haqidagi Sony xabari millionlab geymerlarning hafsalasini pir qildi!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!