Kriptofiribgarlik uchun 18 oy qamoq jazosi berilgan "yolg'iz xaker" haqida

Kriptofiribgarlik uchun 18 oy qamoq jazosi berilgan

Dekabrning ilk kuni 25 yoshli Nikolas Truglia uchun omadli kelmadi. Manxettenlik "kompyuter dahosi" 2018-yilda Transform Group rahbari, blokcheyn maslahatchisi Maykl Terpin telefoniga buzib kirib 22 million dollar kriptovalyutani o'g'irlash sxemasida ishtirok etganlikda ayblandi va u buning uchun 18 oylik qamoq jazosiga hukm qilindi, deya xabar bermoqda Bloomberg nashri.

Aslida Nikolas qilmishi uchun 51 oydan 63 oygacha bo'lgan muddatga hukm qilinayotgan edi. Biroq, uning advokati, Jeffri Udell, o'z mijoziga autizm tashxisi qo'yilganligini va u uchun virtual dunyoni haqiqiysidan ajratish qiyin ekanligini ma'lum qilgan. Qolaversa, u Nikolasni juda aqlli odam sifatida ta'riflagan va uning Internetdagi tanishlaridan boshqa hech kimi, na oilasi, na do'stlari borligini ta'kidlagan. Ehtimol, shu sabab ham Manxettendagi AQSh okrug sudyasi jazoni yengillashtirgan.

"Men hech qachon birovni yuzma-yuz tunamayman, Internetda buni qilganim esa sharmandalikdir", deydi Nikolas sudda jabrlanuvchidan kechirim so'ragan holda.

Ma'lum bo'lishicha, Maykl Terpinga uyushtirilgan kiberhujumda Nikolasdan tashqari yana uch kishining qo'li bo'lgan. Shunga qaramay, faqatgina u jinoiy javobgarlikka tortilgan. Hukmni muhokama qilish jarayonida unda qiymati 53 million dollarga teng bo'lgan kripto, san'at va zargarlik buyumlarini o'z ichiga olgan aktivlari borligi ma'lum bo'lgan va Nikolas ular bilan 20 million dollardan ortiq tovon pulini to'lashga rozi bo'lgan. Hozirda u o'ziga berilgan muddatning allaqachon 1 yilligini o'tab bo'lganligi aytilmoqda.

O'QING: Ed Shiranning hali chiqarilmagan qo‘shiqlarini o‘g‘irlagan xakerga hukm o‘qildi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!