Kriptovalyuta narxlari keskin oshdi

Kriptovalyuta narxlari keskin oshdi

O‘tgan kun davomida kriptovalyuta narxlari 8% yoki 1.9 trillion dollarga oshdi. Ushbu o‘sish asosan kriptovalyuta bozorini 41.3% ni tashkil qiluvchi Bitcoin narxlariga to‘g‘ri keladi. 

Oxirgi 24 soat vaqt davomida asosiy kriptovalyutaning narxi 10% ga oshdi. Endi bir Bitcoin narxi 41,500 dollarni tashkil qiladi. Oxirgi marta Bitcoin'ning bunday darajada qimmatlab ketishi 20 yanvar sanasida kuzatilgan edi. 

Ethereum kriptovalyutasining narxi ham 3000 dollardan oshdi. Ba’zi kriptovalyutalar narxining o‘sishi hatto Bitcoin'nikidan ham yuqoriroq bo‘ldi. Misol uchun Binance Coin 12%, Terra 10%, Polkadot 13% ga qimmatlashdi. 

Ilon Maskning sevimli kriptovalyutasi Dogecoin ham o‘sib bormoqda. Uning narxi kun davomida 6% ga qimmatlashdi. Hozirda ushbu kriptovalyuta 11-o‘rinda bormoqda. 

O‘QING: Caviar qishki Olimpiada o‘yinlariga bag‘ishlangan qimmatbaho iPhone 13 Pro qurilmalarini taqdim etdi 

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.