Krishtianu Ronaldu Binance bilan hamkorlik qiladi

Krishtianu Ronaldu Binance bilan hamkorlik qiladi

Portugaliyalik taniqli futbol yulduzi Krishtianu Ronaldu dunyodagi eng katta kripto-birja platformasi bilan sheriklik qiladi, deb xabar bermoqda Financial Times nashri. Ma'lum bo'lishicha, ushbu ko'p yillik hamkorlik Ronaldu bilan NFT'lar kolleksiyasini yaratishga va ularni Binance orqali sotishga qaratilgan.

"Muxlislarim bilan munosabatim men uchun juda muhim. Shuning uchun, ularga ushbu NFT platformasi orqali tajriba ulashish g'oyasi men xohlagan narsadir", - deydi Ronaldu.

"Krishtianu Ronaldu dunyoning eng yaxshi futbolchilaridan biri va u sportdan tashqari, ko'plab sohalarda timsolga aylanadi. U o'zining haqiqiyligi, iste'dodi va xayriya ishlari orqali dunyodagi eng sodiq muxlislarni to'plagan", dedi Binance ijrochi direktori Changpeng Chjao.

Mart oyida Ronaldu sportdagi yutuqlari uchun kriptotokenlar bilan taqdirlangan edi. Futbol yulduziga urgan har bir goli uchun "Yuventus"ning rasmiy JUV tokenlari berilgan.

O'QING: Xabi TikTok yulduzidan birinchilikni tortib oldi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.