Krishtianu Ronaldu qanday smartfondan foydalanadi?

Krishtianu Ronaldu qanday smartfondan foydalanadi?

Portugaliyalik taniqli futbolchi, Krishtianu Ronaldu mashinasida Huawei smartfonidan foydalanib ketayotgan surati Xitoyning Weibo ijtimoiy tarmog'ida tarqalib ketdi. Ma'lum bo'lishicha, suratdagi mashina ruliga o'rnatilgan smartfon 2018-yilda chiqarilgan Huawei Mate RS Porsche Design modelidagi smartfon bo'lib, ehtimol, u Ronaldoning qo'liga Porsche avtomobillarini xarid qilganida tushib qolgan. Aytish kerakki, Huawei o'sha yilda Porsche'ning sport avtomobillari 70 yilligi munosabati bilan hamkorlik qilgan edi.

Internet aholisi so'zlariga ko'ra, surat 2021-yilda olingan. Albatta, bu Ronalduning yagona smartfoni emas. CR7 brendi asoschisi, 8 tagacha smartfonlar ishlatishi tahmin qilinadi va ularning ko'pi iPhone bo'lishi mumkin. Suratdagi Huawei smartfondan esa futbolchi faqat navigatsiya uchun foydalanadi.

O'QING: Xiaomi 13 smartfonlaring ichki texnik xususiyatlari ochiqlandi 

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!