Kuchaytirilgan hamyonbop – Galaxy A10s keyingi haftada chiqadi, narxi allaqachon ma’lum!

  •   DiMaX
  •  53297
  •  25.07.2019 17:33

Kuchaytirilgan hamyonbop – Galaxy A10s keyingi haftada chiqadi, narxi allaqachon ma’lum!

Samsung kompaniyasi Galaxy A turkumiga kuchli e’tibor bermoqda. Mazkur lineykadagi eng arzon – Galaxy A10 (sotib olish) modelining kuchaytirilgan varianti – Galaxy A10s smartfoni ham tayyor.

O‘QING: Galaxy A10s arzon bo‘lsa-da, qo‘sh kamera, daktiloskop, 4000 mA/soatlik batareya va kuchli MediaTek chipiga ega!

Insayderlar bergan yangi ma’lumotlarga ko‘ra, Galaxy A10s keyingi haftadayoq rasman namoyish etiladi. Uning taqdimot marosimi ham, Galaxy A10 kabi, Hindistonda bo‘lib o‘tadi.

Original modeldan farqli ravishda, Galaxy A10s barmoq izi va qo‘shaloq kamera bilan ta’minlangan. Bundan tashqari, unikidan kuchliroq MediaTek Helio P22 protsessori hamda yanada baquvvat – 4000 mA/soatlik akkumulyatorga ham ega.

Bundan tashqari, Galaxy A10s narxi ham ma’lum – Samsung uning uchun 130 dollar so‘raydi. Bu esa Galaxy A10 modelining namoyish vaqtidagi narxidan atigi 15 dollarga qimmat.

Shu kungacha savdoga chiqqan aksariyat Samsung telefonlarini esa 619 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlarda Terashop.uz internet-do‘konimizdan sotib olish mumkin. Darvoqe, onlayn do‘konimizga allaqachon dunyodagi eng innovatsion va original form-faktorga ega Samsung Galaxy A80 modeli ham yetib kelgan!

O‘QING: Qarshi oling: shov-shuvli Samsung Galaxy A80 smartfoni (+rasm va video)!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!