Kuchli akkumulyatorga ega Xiaomi Redmi 3 ixcham smartfoni  

Kuchli akkumulyatorga ega Xiaomi Redmi 3 ixcham smartfoni  

Xiaomi kompaniyasi akkumulyator quvvati 4100 mAs bo‘lgan yangi smartfon Redmi 3`ni rasman taqdim etdi. Mazkur ixcham smartfon Xitoy bozorlarida  699 yuan (107 dollarga yaqin) narxida sotilmoqda.

Kichik, lekin flagmen.

Smartfon 5-dyuym, o‘lchami 720×1280 nuqta bo‘lgan ekranga ega va Snapdragon 616 platformasi asosida qurilgan. Redmi 3 sakkiz yadroli protsessor (to‘rt yadrolisi 1,7 GGs chastotali) bilan ta’minlangan. Adreno 405 GPU grafika. 2 GB operativ xotira, ichki “to‘plovchi” kartaning hajmi 16 GB.

Redmi 3`ning asosiy kamerasi ko‘rsatkichi – 13 Mp va unda fazali avtofokus (yorg‘ulikni avtomatik tarzda sozlash) mavjud. Bu jarayonning tezligi 0,1 soniyaga teng. Frontal (old) kamera ko‘rsatkichi 5 Mp va selfi uchun juda yaxshi. U videomuloqot chog‘ida ham yomon emasligini aytishmoqda. O‘zingiz baho berishingiz mumkin.

кундузги тасвир

kunduzgi tasvir

Smartfonda ikkita SIM-karta uchun joy mavjud. Xotira kartasi hajmini 128 GBga qadar oshirish imkoniyati bor. Shuningdek, unda tez quvvatlash va ishlashni optimallashtirish texnologiyasi ham mavjud. Qurilmaning qalinligi 8,5 mm va u metall korpusi bilan 144 gramm tosh bosadi.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.