“Kuchli kamerali” OnePlus 5’da olingan ilk fotosuratlar

“Kuchli kamerali” OnePlus 5’da olingan ilk fotosuratlar

Bugungi zamonaviy mobil fotografiyada «ayfonografiya» janri urfga kirgan. OnePlus kompaniyasi ham kamerafon texnologiyasida boshqalardan ortda qolmaslik uchun yangi flagmanida bor imkoniyatini ishga solgan va Apple flagmanlariga xos 2 ta sensorda suratga olish texnologiyasini mahorat bilan o‘zlashtirgan.

OnePlus 5 bosh kamerasi 16 va 20 megapikselli sensorlar birikuvidan iborat. Buning uchun ilg‘or Sony IMX398 hamda Sony IMX350 telefoto linzali datchiklaridan foydalanilgan. Bosh kamera fokusni asosiy ob’yektga qo‘yib, uning ortini xiralashtirib olish funksiyasiga ega.

Yangi smartfon taqdimotda OnePlus kompaniyasi vakillari kamera imkoniyatlariga alohida diqqat qaratishdi va uni ayni paytda smartfon bozoridagi “eng kuchli kameraga ega bo‘lgani”ni aytishdi . Uning aynan shu jihati smartfon bozoridagi raqobatda yutib chiqishga xizmat qiladi. Quyidagi suratlarga qarab OnePlus 5’ning kamera imkoniyatlariga o‘zingiz baho bering.

Ishlab chiqaruvchi OnePlus 5’ni qo‘sh ob’yektivli bosh kamera bilan ta’minlash barobarida, kameraning suratni qayta ishlash algoritmini ham takomillashtirgan. Natijada, yorug‘lik past sharoitda ham suratlar tiniqroq muhrlanadi.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!