Kuchli kamerali Sony Xperia XZ Premium’ning narxi, sotuvga chiqish vaqti ma’lum bo‘ldi

Kuchli kamerali Sony Xperia XZ Premium’ning narxi, sotuvga chiqish vaqti ma’lum bo‘ldi

Jahondagi noyob mobil kamera texnologiyasiga ega Sony Xperia XZ Premium gadjetining sotuvga chiqish fursati ma’lum qilindi. Insayder Roland Kvandtning yozishicha, joriy yilning fevralida o‘tkazilgan MWC 2017 anjumanida taqdim etilgan mobil aloqa vositasi 1 iyundan boshlab Yevropada 840 AQSh dollaridan boshlab sotuvga chiqadi.

Sony Xperia XZs smartfoni 19 megapikselli Motion Eye kamera texnologiyasi bilan jahonda yagona. Misol uchun, bu texnologiya idishdan to‘kilgan suvning tomchilarini ham aniq-tiniq muhrlay oladi.

Bu bosh sensor professional kamera kabi sekundiga 960 ta kadrni muhrlashga qodir. f/2.0 standartidagi optik pribor o‘rnatilgan kamerada giroskop, fazani «aqlli» aniqlash, lazerli avtofokus, svetodiodli fotochaqnoq, sifatni tekshirish kabi funksiyalar mavjud. Old kamera uchun 13 megapikselli keng burchakda surat oladigan sensor tanlangan. Uning kamerasida olingan suratlarga baho bering.

Gadjetning boshqa o‘ziga xos jihatlari: Qualcomm Snapdragon 835 kuchli protsessori, 4 gigabaytli tezkor 64 GB doimiy xotira, suv va chang kirmaydigan alyuminiy korpus, 2,900 mA soat sig‘imli akkumulyator, Android 7 Nougat operatsion tizimi, microSD–256 Gb.gacha.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!