Kuchli Snapdragon 835 protsessoriga ega smartfonlar: narxi, jihatlari

Kuchli Snapdragon 835 protsessoriga ega smartfonlar: narxi, jihatlari

Qualcomm o‘zining eng ilg‘or Snapdragon 835 protsessorini taqdim qildi-yu, smartfon ishlab chiqaruvchilari o‘rtasida ushbu chip o‘rnatilgan gadjetni ishlab chiqarish bo‘yicha poyga boshlandi. Muvaffaqiyatli Snapdragon 821 chipining davomchisi bo‘lmish bu chip ma’lumotni 10 nanometrli FinFET texnogoiyasi asosida qayta ishlashi bilan ham jahonda yagona.

Snapdragon 835 protsessorida markazlashtirilgan X16 LTE modemi bo‘lib, u LTE, 802.11ac Wave 2, Wi-Fi hamda Bluetooth® 5, 802.11ad kabi simsiz aloqaga yuqori darajali ulanishga mas’ul. Shuningdek, undagi Qualcomm Kryo 280 video-kartasi, Qualcomm Hexagon  682 raqamli signal protsessori video-audio tasvirlarni tezkor va sifatli qayta ishlash ko‘nikmasiga ega.

Snapdragon 835 chipining yana bir e’tiborli jihati, u faqatgina smartfonlar uchun mo‘ljallanmagan. U virtual va qo‘shimcha reallik displeylari, IP kameralar, planshetlar, mobil kompyuterlar va boshqa Android hamda Windows 10 dasturiy ta’minotlarida ishlaydigan iste’mol qurilmalarida qo‘llanilishi mumkin.

Bir so‘z bilan aytganda – Snapdragon 835 bir necha 10 vazifalarni “qotib qolmay” bajaradigan “elektron yurak”.

Quyida Qualcomm Snapdragon 835 protsessoriga ega smartfonlarni sanab o‘tamiz.

Sony Xperia XZ Premium

Ekran: 5.5 dyuym, (3840 x 2160 pikselli) 4K HDR, X-Reality texnologiyasi, Corning Gorilla Glass 5 himoya qoplamasiga ega displey;

Protsessor va platforma: 8 yadroli Snapdragon 835 chipi, Adreno 540 video-kartasi, 4 GB tezkor va 64 GB doimiy xotira, microSD bo‘lmachasi, Android 7.0 (Nougat) operatsion tizimi;

Korpus: metall, suv-chang ta’siriga bardoshli (IP65/IP68 sertifikatlari), old panelda barmoq izlari skaneri;

Kamera: 19 MP bosh kamera (f/2.0 linza, 5 o‘qli barqarorlashtirgich, 4K video yozish, sekundiga 960 kadrli video yozish). 13 MP old kamera (zamonaviy sensorlar, keng burchakda suratga oluvchi f/2.0 linza, 1080p video tasivrga olish imkoniyati);

O‘lchamlari: 156 x 77 x 7.9 mm., vazni 195 gramm;

Aloqa: 4G LTE, WiFi 802.11 ac (2.4GHz / 5GHz) MIMO, Bluetooth 4.2, GPS/ GLONASS, NFC, USB Type-C, 2 ta SIM-kartali;

Akkumulyator: 3230 mA soat, Qualcomm Quick Charge 4.0 tezkor quvvatlash texnologiyasi.

Narxi: Mobil aloqa vositasi 1 iyundan boshlab Yevropada 840 AQSh dollaridan sotuvga chiqadi.

Samsung Galaxy S8, S8 Plus

Ekran: 5.8 hamda 6.2 dyuymli Quad HD+ (2960 × 1440 pikselli), Super AMOLED displey, Corning Gorilla Glass 5 himoya qoplamasi;

Protsessor va platforma: 8 yadroli Qualcomm Snapdragon 835, Adreno 540 video-kartasi, 4 GB tezkor va 64 GB doimiy xotira, microSD qo‘shimcha xotari bo‘lmachasi, Android 7.0 (Nougat) operatsion tizimi;

Kamera: “Dual Pixel” texnologiyasiga 12 MP bosh kamera (f/1.7 linzali), Old kamera – 8 MP, f/1.7 linzali;

Korpus: shisha va metall, suv va chang ta’siridan himoyalangan;

Sensorlar: yurak urishini o‘lchaydigan datchik, barmoq izlari skaneri, ko‘zning rangdor pardasi skaneri, barometr;

Aloqa: 2 ta sim-kartali, 4G VoLTE, Wi-Fi 802.11ac, Bluetooth 4.2 LE, GPS, GLONASS, USB 2.0, NFC;

O‘lchamlari:

Samsung Galaxy S8 – 148.9 x 68.1 x 8.0 mm., vazni – 152 gramm;

S8 Plus – 159.5 x 73.4 x 8.1 mm., vazni – 173 gramm.

Akkumulyator: 3000/ 3500 mA soat, simli va simsiz tezkor quvvatlash;

Narxi: Galaxy S8 $750, Galaxy S8+ $850 dollar.

Xiaomi Mi6

Ekran: 5.15 dyuymli Full HD (1920×1080 pikselli) displey;

Protsessor va platforma: 2.45 Ggs chastota tezligida ishlaydigan 64 bitli, 8 yadroli Snapdragon 835, Adreno 540 video-kartasi. 6 GB tezkor (LPDDR4x) va 64/128 GB (UFS) doimiy xotira, Android 7.1.1 (Nougat)’ning MIUI 8 talqini;

Korpus va sesnorlar: zanglamas po‘lat va shisha uyg‘unligi, suv ta’siridan himoyalangan. Old panelda barmoq izlari skaneri mavjud. Shuningdek, korpusning yuqori va quyi qismida stereo-dinamiklar mavjud;

Kamera: 12 MP qo‘sh sensorli bosh kamera, bittasi f/1.8 va portret olishga mo‘ljallangan f/2.6 apertura linzasi, 4 o‘qli barqarorlashtirgich, 4K video yozish. Old kamera – 8 MP.

O‘lchamlari: 145.17x 70.49×7.45 mm., vazni – 168 / 182 (kerakmika talqini);

Aloqa: 2 ta SIM-kartali. 4G LTE, WiFi 802.11ac dual-band, Bluetooth 5.0, GPS/GLONASS/Beidou, NFC, USB Type-C;

Akkumulyator: 3350 mA soat. Qualcomm Quick Charge 3.0 tezkor quvvat olish texnologiyasi;

Narx: 6 GB tezkor hamda 64 GB doimiy xotira talqini $363, 6 GB tezkor va 128 GBdoimiy talqini — $421, hamda 6 GB / 128 GB xotirali maxsus «keramika» talqini $435 AQSh dollari.

Sharp AQUOS R

Ekran: 5.3 dyuymli Quad HD (2560 × 1440 pikselli), 2.5D effektiga ega himoya shishasi bilan qoplangan;

Protsessor va platforma: Qualcomm Snapdragon 835 hamda Adreno 540 video-kartasi. 4 GB tezkor va 64 GB doimiy xotira. Android 7.0 (Nougat) operatsion tizimi;

Kamera: 22.6 MP bosh kamera (f/1.9 apertrua linzasi, 90 gradusli keng burchakli linza). 16.3 MP old kamera;

Korpus: metall korpus suv hamda chang ta’siriga bardoshli. Unda barmoq izlari skaneri mavjud;

Aloqa: 2 ta SIM-kartali, 4G LTE, Wi-Fi 802.11ac (2.4/5 Ggs), MIMO, Bluetooth v 5.0, GPS, GLONASS, USB Type-C, NFC;

Akkumulyator: 3160 mA soat, Quick Charge 3.0 texnologiyasi.

Narxi: 462 dollar.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.