Kuchli texnik jihatlarga ega, narxi 200 dollarga ham bormaydigan Redmi smartfoni taqdim etildi

Kuchli texnik jihatlarga ega, narxi 200 dollarga ham bormaydigan Redmi smartfoni taqdim etildi

Xiaomi Hindiston bozori uchun Redmi Note 10T 5G'ning nomi o‘zgargan versiyasi Redmi Note 10T 5G smartfonini e’lon qildi.

O‘QING: MIUI 13'ga o‘tadigan Xiaomi, Redmi va Poco smartfonlari ro‘yxati e’lon qilindi

O‘tgan oy Rossiyada sotuvga chiqqan Redmi Note 10T smartfonidan farqli o‘laroq ushbu smartfon 5G tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlaydi.

Smartfonning korpusi plastikdan ishlangan bo‘lib, uning Metallic Blue, Mint Green, Chrome White and Graphite Black rangli turlari mavjud. Qurimaning o‘lchamlari 161.81 x 75.34 x 8.92 mm, og‘irligi esa 190 grammni tashkil qiladi. Smartfon 6.5 dyuymli LCD displeyiga ega bo‘lib, uning rezolyusiyasi 2400 x 1800 pikselni tashkil qiladi. Qurilma displeyi 30, 50, 60 hamda 90Hz ekran yangilanish chastotalarida adaptiv ravishda ishlay oladi. Displey esa Gorilla Glass shishasi bilan himoyalangan.

Redmi Note 10T 5G MediaTek Dimensity 700 chipi bilan jihozlangan. Smartfonda SIM karta uchun ikkita uya mavjud. Kamera haqida so‘z borar ekan, qurilmada 48MP asosiy kamera, 2MP makro kamera, 2MP sath kamera hamda 8MP selfi kamera mavjud.

Redmi Note 10T 5G stereo karnay hamda 3.5 mm audio jek bilan jihozlangan. Qurilma Android 11 operatsion tizimi hamda MIUI 12 grafik qobig‘ida ishlaydi, akkumulyator sig‘imi 5,000 mAs bo‘lib, uni 18 vattda quvvatlash mumkin. Smartfon qutisidan esa 22.5 vattlik quvvatlagich o‘rin olgan. 4/64GB xotira turi 187 dollar, 6/128GB xotira turi esa 214 dollarni tashkil qiladi. Qurilma 26 iyuldan sotila boshlaydi.

O‘QING: Xiaomi kompaniyasi Redmi brendidagi mahsulotdan bir millionta sotdi