Kuchuk-dron yapon shahrining rasmiy ramziga aylandi

  •   DiMaX
  •  845
  •  22.02.2017 16:40

Kuchuk-dron yapon shahrining rasmiy ramziga aylandi

Yaponiyaning Xonsyu orolidagi Nara prefekturasining Kitakatsuragi uyezdida Odzi degan kichkina shaharcha joylashgan. Uning umumiy maydoni atigi 7 kvadrat kilometrni, aholisi esa taxminan 23 ming kishini tashkil etadi.

Mahalliy aholi ramzlarni qadrlashadi va an’analarni hurmat qilishadi. Hammadan ham, 7-asrda mahalliy buddaviylar ibodatxonasiga asos solgan shahzoda Syotoku hamda uning doimiy hamrohi – Yukimaru laqabli kuchukni e’zozlashadi. Yukimaruga atab hatto maxsus mehrob ham bunyod etilgan; istagan kishi bu yerga kelib, unga hurmatini bajo keltirishi yoki o‘zi va oilasi uchun omad tilashi mumkin.

 

Aynan shu bois mahalliy hokimiyat Odzi shaharchasi uchun ramziy “tumor” sifatida itni tanlagan. Buning uchun rassomlar bejirim oq it maketini tayyorlashdi, u tashqi ko‘rinishidan Yaponiyadagi akita-inu it zotiga o‘xshab ketadi. Maketga esa radioda boshqariluvchi kvadrokopter – dron joylashtirishdi. Shu tariqa, shaharning rasmiy ramzi yaratildi va endi u mahalliy bolajonlarga va xorijiy sayyohlarga quvonch bag‘ishlab, diqqatga sazovor obidalar uzra uchib yuribdi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!