Xiaomi 13 bu safar kumush rangda qo'lga tushdi

Xiaomi 13 bu safar kumush rangda qo'lga tushdi

Yaqinda internetda Xiaomi 13 smartfonining orqa tomoni ko'rsatilgan surat paydo bo'lgan edi. Biroq, smarfon qora rangda va o'ta sifatsiz bo'lgani sabab uning umumiy dizaynini baholash mumkin edi xolos. Ammo, bu safar Xiaomi 13 kumush rangda, biroz bo'lsada tiniqroq suratda ko'rsatildi.

Avval tarqatilgan renderlardan farqli o'laroq, ushbu haqiqiy surat smartfon kamera dizaynini yanada aniqroq detallar bilan ko'rish imkonini beradi. Aytish mumkinki, garchi flagman bo'lsa ham Xiaomi 13 xuddi o'rta darajali smartfonlarnikidek kamera dizayniga ega bo'lmoqda, yoxud uning kamera dizayni Xiaomi 12 yoki Xiaomi 12S Ultra'ga taqqoslaganda ancha "byudjetona" ko'rinadi.

Mish-mishlarga ko'ra, smartfonning asosiy kamerasi Sony'ning 1 dyuymli IMX989 sensori (50MP) bilan jihozlanadi. Shu bilan birga, suratga qarab smartfon kamera oroliga yozilgandek, biz Leica bilan hamkorlikka guvoh bo'lishimiz ham mumkin.

Qolgan texnik xususiyatlariga keladigan bo'lsak, Xiaomi 13 smartfoni 6.7 dyuymli, 120 gerts yangilanish tezligiga Samsung E6 displeyi bilan chiqarilishi mumkin. Uning kapoti ostida esa Snapdragon 8 Gen 2 va 12GB RAM bo'ladi.

Xiaomi 13 seriyasi kelayotgan noyabr oyi oxirlarida taqdim qilinishi kutilmoqda.

O'QING: Redmi yana bir yangi byudjet sinfidagi smartfonni taqdim etdi