Kun fotosi: ajraluvchi kontrollerga ega Black Shark o‘yin smartfoni

Kun fotosi: ajraluvchi kontrollerga ega Black Shark o‘yin smartfoni

Ikki oy oldin AnTuTu reytingida Black Shark (Qora Akula) deb nom olgan sirli smartfonning texnik tasniflari paydo bo‘lgan edi. Keyinroq Xitoyning mahalliy ijtimoiy tarmog‘i bo‘lmish Weibo'da bu qurilma borasida turli ma’lumotlar sizdirila boshlandi.

O‘QING: Xiaomi’ning 13 apreldayoq taqdim etiladigan «Qora akula» smartfonini batafsil tomosha qilamiz!

Mazkur sirli smartfonni tayyorlayotgan Blackshark kompaniyasi qurilamani joriy haftaning so‘ngida taqdim qilishi kutilmoqda. Xiaomi moliyasi asosida faoliyat yuritishi aytilayotgan ushbu kompaniya o‘yinlar uchun mo‘ljallangan dunyodagi ilk smartfonni yaratganini aytmoqda. Biroq o‘tgan yili ayni maqsadga mo‘ljallangan Razer Phone taqdim qilingan edi.

O‘QING: Bizni laqillatishibdi: Xiaomi Black Shark rasmlari feyk ekan!

Bugun esa sirli geymerfonning ilk jonli suratlari paydo bo‘ldi. Biroq bizning ixtiyorimizda hozircha qurilmaning orqa ko‘rinishi mavjud xolos.

Black Shark geymerfonining ilk surati

Suratda qurilmaning yuqori qismiga ajraluvchi aksessuar kiydirilganini ko‘rish mumkin. Bu aksessuar o‘yinlarni yanada qulayroq o‘ynash uchun mo‘ljallangan kontrollerdir. Ushbu kontroller qurilmaga Bluetooth orqali bog‘lanadi.

Blackshark kompaniyasi Xiaomi'ga tegishli ekanligi ma’lum bo‘lsada, uning logotipi qurilmada aks etmagan. Qurilmaning orqa tomonida yashil rangdagi katta S harfi tushirilgan, xolos.

O‘QING: Xiaomi o‘z geymer-smartfoni – Black Shark’ning ilk reklama tizerini chiqardi!

Hozirda qurilmaning texnik xususiyatlari haqida ko‘p narsa ma’lum emas. Biroq sizdirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu geymerfon so‘nggi Snapdragon 845 chipseti, 6 yoki 8GBli tezkor xotira va 128 yoki 256GBli ichki doimiy xotira bilan ta’minlanishi kutilmoqda. Ekran o‘lchami esa 18:9 nisbatda bo‘ladi.

Shuningdek, uning barmoq izi skaneri ekran ostidagi joylashtirilishi aytilmoqda.

Hozirda dunyoning ilk geymerfoni haqida mavjud ma’lumotlar shulardan iborat. Uning to‘liq ko‘rinishi va texnik xususiyatlarini tez kunlarda bo‘lib o‘tadigan rasmiy taqdimot davomida bilib olamiz.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!