Kun taklifi: katta ekranli 4G-smartfon – MDC Nova Pro atigi 510 ming so‘mdan!

  •   DiMaX
  •  2892
  •  23.05.2019 16:09

Kun taklifi: katta ekranli 4G-smartfon – MDC Nova Pro atigi 510 ming so‘mdan!

Xitoyning MDC kompaniyasi o‘tgan yilning kuz oylarida chiqarilgan MDC Nova Pro smartfoniga 27 foizlik chegirma e’lon qildi. Chegirma bilan ayni paytda ushbu modelni Toshkent shahrida 510 ming so‘mdan sotib olishingiz mumkin.

MDC Nova Pro tomonlar nisbati 18:9 5.7 dyuymlik (1440x720 piksel, 320 dpi) ekran bilan jihozlangan. Uning 8 megapiksellik aniqlikdagi orqa kamerasi ham, 5 megapiksellik selfi-kamerasi ham LED-chaqnoqli ekanligi esa ayni muddao!

Smartfon ishlash chastotasi 1.3 GGs bo‘lgan to‘rt yadroli Mediatek MTK6737 protsessorida faoliyat yuritadi. Tezkor xotira hajmi 2, ichki xotirasi 16 gigabaytlik, shu bilan birga, qo‘shimchasiga unga 128 gigabaytgacha hajmli microSD-karta o‘rnatish mumkin. Ushbu devays O‘zbekistondagi barcha mobil operatorlarning 4G tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlaydi.

Mazkur smartfon Android 8.1 Oreo platformasida ishlaydi. Shaxsiy ma’lumotlarni barmoq izi bilan himoyalasa bo‘ladi. Bundan tashqari, yuz bilan blokdan chiqarish funksiyasi – Face Lock texnologiyasidan ham foydalanish imkoniyati mavjud. Smartfonda kundalik (video-kontent ko‘rish, ijtimoiy tarmoqlar, qo‘ng‘iroqlar, xabarlar, musiqa va hokazo) vazifalarni bemalol bajarish mumkin.

Chegirma «Malika» savdo rastalari va «Toshkent» (sobiq «Abu-Saxiy») ulgurji bozoridagi do‘konlarda amal qiladi. Shoshiling, telefonlar soni cheklangan!
Do‘konlar («Malika» SM): A30, A23,A7, A8, A6, A3, A18, B13, B41, B34, B37, B4, B15, B33.
Do‘konlar («Abu-Saxiy» SM): R45, R97, R94, R60, R71, R64, R16, U24, R73, R76.

MDC Nova Pro smartfonining texnik xususiyatlari:

Ekran: 5.7 dyuymlik, IPS (18:9, 1440x720 piksellik, 320 dpi);

Protsessor: Mediatek MTK6737, Cortex-A53, 1.3 GGs, 4 yadro;

Xotira: 2 GB tezkor, 16 GB ichki xotira (+128 GBgacha microSD qo‘yish mumkin);

Kamera: 8/5 MP, avtofokus, HDR, Beauty, Panorama, ikkita LED-chaqnoq;

Tarmoq: 2G – GSM850/900/1800/1900MHz; 3G – WCDMA 900/2100MHz; 4G – FDD (1/3/5/8/40);

Aloqa interfeyslari: Wi-Fi 802.11n, Wi-Fi Direct, Bluetooth 4.0;

Akkumulyator: 3000 mA/s;

Himoya: Barmoq izi skaneri; Face Lock;

Operatsion tizim: Android 8.1 Oreo;

O‘lchamlari: 152x74x9.1 mm;

Vazni: 177 g.

O‘QING: DIQQAT, ChEGIRMA: qo‘sh kamerali MDC Grand Pro smartfoni endi atigi 470 ming so‘m!