Kun videosi: Bitta quvvatda 600 km yuradigan BMW i4 elektrik sedani!

  •   DiMaX
  •  1048
  •  23.01.2021 16:54

Kun videosi: Bitta quvvatda 600 km yuradigan BMW i4 elektrik sedani!

Nemis mashinasozlari o‘tgan yilning mart oyida BMW i4 konsept elektromobilini namoyish etishgan edi. Ishlab chiqaruvchi uning taqdimotida mazkur mahsulotning seriyali variantini 2021 yili chiqarishini ham aytgan.

O‘QING: BMW yangi elektrokrossoverini taqdim qildi (+video)

BMW i4 elektrik sedani yangicha – elektromobillarda ham, ichki yonuv dvigatelli mashinalarda ham, gibrid avtomobillarda ham qo‘llanuvchi universal platforma bazasida ishlab chiqilgan.

Elektrokarning to‘liq texnik xususiyatlari hozircha e’lon qilinmagan, lekin BMW oldin uning batareya sig‘imi 80 kVt/soatlik ekanligini, quvvat zaxirasi esa 600 kilometr yurishga yetishini aytgan. BMW i4 uchun yasalgan elektrodvigatelning quvvati taxminan 530 ot kuchiga teng.

O‘QING: Eng ommabop elektromobillar reytingi: Tesla’ga nemislar yetay deb qolishdi!

Kompaniya o‘zining rasmiy YouTube-kanlida BMW i4 sinovlari aks etgan videorolikni e’lon qildi:

Shunga qaraganda, BMW i4 elektrokarining seriyali versiyasi yaqin orada taqdim etiladi va shu yilning o‘zidayoq savdoga chiqishi mumkin.

O‘QING: ShOK VIDEO: Tesla elektrokari qabristonda arvohni «ko‘rib» to‘xtadi!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!