KUN VIDEOSI: Galaxy S10 smartfonlari va Galaxy Buds quloqchinini taqdimotdan avval televizorda ko‘rsatishdi!

  •   DiMaX
  •  1687
  •  19.02.2019 18:54

KUN VIDEOSI: Galaxy S10 smartfonlari va Galaxy Buds quloqchinini taqdimotdan avval televizorda ko‘rsatishdi!

Samsung kompaniyasining Galaxy S10 turkumidagi flagmanlari rasmiy namoyishdan avval bir necha «jonli» rasmlar va videolarda namoyon bo‘lgan. Lekin bugun Norvegiyaning yirik telekanali – TV 2 kutilmaganda ushbu qurilmalarni efirda ko‘rsatdi!

O‘QING: Eng qimmat – 12 GB «operativka»li Galaxy S10+ benchmarklarda hammani hayron qoldirdi!

Mazkur reklama roligini Endre Loyzet (Endre Loeset) ismli foydalanuvchi yozib olgan va internetga tarqatib yuborgan.

Ushbu videorolikda Galaxy S10 smartfonlarining asosiy o‘ziga xosliklari aks ettirilgan. Jumladan, ekrani «o‘yib» joylangan selfi-kamera, uch modulli asosiy kamera, displeyga integratsiya qilingan ultratovushli daktiloskopik datchik va boshqa qurilmalarni simsiz quvvatlash funksiyasi ko‘rsatilgan. Shuningdek, mazkur lavhada hali yaqindagina ma’lum bo‘lgan Galaxy Buds simsiz quloqchinini ham ko‘ramiz.

Samsung Galaxy S10 smartfonlarining va aksessuarlarining to‘laqonli taqdimoti ertaga – 20 fevralda bo‘lib o‘tadi. Bu boradagi yangiliklardan birinchilar qatorida boxabar bo‘lish uchun Terabayt.uz saytini kuzatishda davom eting!

O‘QING: Hamyonbop Galaxy A50, Galaxy A30 va Galaxy A20 smartfonlari ilk «jonli» suratlarda!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!