Kupertinoliklardan oldin rossiyaliklar iPhone 12 Pro Apple 1 Edition smartfonini taqdim etishdi! (+video)

  •   DiMaX
  •  1034
  •  28.09.2020 17:07

Kupertinoliklardan oldin rossiyaliklar iPhone 12 Pro Apple 1 Edition smartfonini taqdim etishdi! (+video)

Rossiyaning Caviar brendi ilg‘or texnologik mahsulotlarning lyuks-versiyalarini ishlab chiqishi bilan mashhur. Jumladan, yaqinda u Ilon Mask hamda uning SpaceX loyihasiga bag‘ishlangan iPhone 12 Pro Max Musk be on Mars hamda iPhone 12 Pro Musk be on Mars modellarini taqdim etgan. Undan ham oldin esa...

O‘QING: Apple taqdim etib ulgurmagan iPhone 12’larni allaqachon Caviar sotyapti – bittasi $24 540 gacha narxda!

Caviar kompaniyasining yangi mahsuloti iPhone 12 Pro Apple 1 Edition deb nomlanadi. Mazkur ayfonning orqa paneli kupertinoliklarning ilk kompyuteri – Apple 1 modelini eslatadi.

Aytish kerakki, Apple 1 kompyuteri 1976 yili taqdim etilgan bo‘lib, yog‘och korpusida kulgili Apple logotipi tushirilgan edi. Keyinchalik ularni olamshumul narxlarda auksionga qo‘yib, kolleksionerlarga sotishgani ham ma’lum.

Caviar esa o‘zining yangi mahsulotini yaratishda mana shu dizaynerlik unsurlarini asos qilib olgan. iPhone 12 Pro Apple 1 Edition tayyorlashda tabiiy yog‘ochdan tashqari, original Apple 1 kompyuterlarining ona platasidan olingan parchalarni ham ishlatishgan. Shunisi alohida e’tiborga loyiq, zero, Apple bu kompyuterdan atigi 200 dona ishlab chiqargan edi.

O‘QING: Apple’ning unutilgan 10 mahsuloti + bonus

iPhone 12 Pro Apple 1 Edition orqa panelida maxsus panel bo‘lib, unda o‘sha mashhur «Hello World» jumlasini o‘z ichiga oluvchi dastur matni yozilgan:

Shuningdek, iPhone 12 Pro Apple 1 Light Edition varianti ham namoyish qilingan. Uning korpusi ham tabiiy yog‘ochdan bo‘lib, orqa tomonida dastur yozuvi tushirilgan panel yo‘q, faqat Apple 1 ona platasi parchalari qadalgan, xolos.

iPhone 12 Pro Apple 1 Edition modelidan atigi 9 nusxa chiqarilgan, bu esa Apple shaxsiy kompyuterlar seriyalarining sonini anglatadi. Rossiyada allaqachon bu smartfon uchun oldindan buyurtma ochilgan. Uning narxi 499 000 rublga, xalqaro xaridorlar uchun esa 9 990 AQSh dollariga teng.

Smartfonning «yengil» versiyasi – iPhone 12 Pro Apple 1 Light Edition uchun esa 349 000 rubl (yoki 4 990 AQSh dollari) miqdorida narx belgilangan.

O‘QING: Qoraqalpog‘istonlik onaxonga o‘g‘li oltin iPhone X hadya etdi (+video)