Kutib oling: Telegram’ning yangilangan varianti!

Kutib oling: Telegram’ning yangilangan varianti!

Endi Telegram’da so‘rovnomalar o‘tkazish va rasmlarni izlash imkoniyati mavjud. Telegram o‘zining yangilangan versiyasida shu kabi bir qancha imkoniyatlarni taqdim etdi.

So‘rovnomalar o‘tkazish

Telegram’da @vote kabi mavjud botlarga qo‘shimcha tarzda, so‘rovlar o‘tkazish uchun maxsus vositani yo‘lga qo‘yildi. Yangi o‘rnatilgan so‘rovlar guruh va kanallar uchun uzoq kutilgan qo‘shimcha sifatida xizmat qiladi.

Ayni paytda so‘rovlar anonimdir, ya’ni kim nimaga ovoz berganini hech kim ko‘ra olmaydi. Kelajakda dasturchilar anonim bo‘lmagan so‘rovlarni ham qo‘shimcha qilishlari mumkin, bunda saylovchilarning ro‘yxati omma uchun oshkor bo‘ladi, ammo ular aniq noanonim deb belgilangan bo‘ladi.

O‘QING: Kutib oling Telegram’dan yangilik!

Telegram mualliflari messenjerning maxfiyligini qadrlashini va hech qachon ularga ishonib topshirgan maxfiy ma’lumotlaringizni uchinchi shaxslarga oshkor qilmasligini ta’kidlashmoqda.

Rasmlarni izlash imkoniyati mavjud

iOS uchun ishlab chiqilgan ilovada rasmlar va video biriktirmalarni yuborish yoki profil rasmlarini tanlashda rasmlarni izlash uchun veb-qidiruvdan foydalanish imkoniyati paydo bo‘ldi.

Ma’lo‘m bo‘lishicha, ilovaning 5.1.1 versiyasida ham ko‘p xatoliklar bartaraf etilgan.

Ular quyidagilardir:

  • keshni tozalash endi ilova tomonidan band etilgan joyni to‘g‘ri qisqartiradi («Nastroyki»> «Dannie i pamyat»> «Ispolzovaniye pamyati»).
  • fayllar va multimedialar ilova yopilganidan so‘ng bir muddat yuklanishni davom ettiradi.
  • fayllarni yuklab olish va aksincha tarmoqqa yuklashda batafsil jarayonni ko‘rib turishingiz mumkin.
  • qidiruv natijalarida foydalanuvchilarning so‘nggi tashrif buyurgan vaqtini ko‘rsatuvchi indikator qo‘shilgan.

O‘QING: Rossiyada Telegram butunlay bloklanishi mumkin! Buning uchun Roskomnadzor 20 mlrd. ajratmoqchi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!