Kutilmagan flagman: global bozorga allaqachon Redmi K30S Ultra ham chiqdi!

  •   DiMaX
  •  2111
  •  30.10.2020 10:04

Kutilmagan flagman: global bozorga allaqachon Redmi K30S Ultra ham chiqdi!

Xiaomi korporatsiyasining arzonchi brendi 27 oktyabr kuni Redmi K30S flagmanini rasman namoyish qilgan. Mazkur model Qualcomm kompaniyasining eng kuchli protsessorlaridan biri – Snapdragon 865 bazasidagi eng arzon smartfon ekanligi bilan alohida ahamiyatga ega.

O‘QING: Redmi’ning yangi flagmani bu jihatiga ko‘ra iPhone 11’dan ham zo‘r chiqdi!

Bilamizki, Redmi K30S butkul yangi smartfon bo‘lmasdan, avvalroq Yevropa bozoriga taqdim etgan flagman – Xiaomi Mi 10T modelining rebrending qilingan va nusxasidir. Ya’ni, u aynan Xitoy bozoriga mo‘ljallangan, lekin Redmi endi uni dunyo bozoriga ham chiqarayotgani ma’lum bo‘ldi.

Flagman global bozorga boshqacharoq – Xiaomi Redmi K30S Ultra yoki Redmi K30S Ultra nomi ostida chiqyapti. Giztop onlayn do‘koni allaqachon uni sotuvga chiqarib ulgurgan:

Nomidan tashqari, jahon bozoriga chiqarilayotgan versiyaning narxi ham o‘zgargan. Ya’ni, Xiaomi Redmi K30S Ultra flagmanining 8/128 gigabaytligi 459 dollarga, 8/256 gigabaytligi esa 499 dollarga baholangan. Taqqoslash uchun: Xitoyda sotilayotgan Redmi K30S versiyasining ayni shunday tezkor/ichki xotirali variantlari uchun tegishlicha 340 va 370 dollarga teng narx belgilangan.

O‘QING: Xitoyliklarning o‘zlari eng ko‘p qaysi smartfonlarni olishyapti?

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.