Kutilmagan Galaxy F52 5G: ilk «jonli» suratlari va texnik xususiyatlari

  •   DiMaX
  •  562
  •  11.05.2021 14:35

Kutilmagan Galaxy F52 5G: ilk «jonli» suratlari va texnik xususiyatlari

Samsung kompaniyasi o‘z smartfonlarining Galaxy F turkumini kengaytirishda davom etmoqda. Weibo ijtimoiy tarmog‘ida yangi – Galaxy F52 5G modelining «jonli» rasmlari tarqaldi.

O‘QING: Ulkan akkumulyatorli Galaxy F02s va Galaxy F12s chiqdi – 122 dollardan boshlanuvchi smartfonlar!

Yoqiq holdagi ekranida aks etgan texnik xususiyatlariga ko‘ra, ushbu qurilma SM-E5260 model raqamiga ega. Uning yassi displeyida old kamera uchun tirqish, plastik korpusida USB-C porti hamda quloqchin tirqishi mavjud.

Galaxy F52 5G texnik jihatlariga kelsak, ular Galaxy A52 5G modeliniki bilan bir xil bo‘lib, mana bu tavsifimizda ularni batafsil bayon etganmiz.

Ya’ni, kutilayotgan smartfon 6.67 dyuymlik, FHD+ formatli displey, 8/128 gigabaytlik tezkor/ichki xotira, 25 vattlik tezkor quvvat oluvchi 4500-5000 mA/soatlik akkumulyator, asosiy sensori 64 MPlik kvadrokamera hamda Snapdragon 750G protsessoriga ega.

Insayderlarga ko‘ra, Galaxy F52 5G smartfoni mana shu oyda namoyish etilib, Xitoyda taxminan 310 AQSh dollariga teng narxda sotiladi. Boshqa mamlakatlar bozorlarida Samsung uning uchun qancha so‘rashi hozircha noma’lum.

O‘QING: Snapdragon 865 chipli smartfon 485 dollardan: Galaxy S20 FE yangi versiyada sotuvga chiqdi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.