Kutilmagan rekord: 64 GB «operativka»li ilk smartfonni ishlayotgan holida «jonli» ko‘ramiz!

  •   DiMaX
  •  6259
  •  15.02.2020 12:34

Kutilmagan rekord: 64 GB «operativka»li ilk smartfonni ishlayotgan holida «jonli» ko‘ramiz!

Smartfonning samaradorligini ta’minlashda uning protsessori bilan birga tezkor xotirasining hajmi ham muhim o‘rin tutadi. Yaqinda biz rekord hajmli – 16 GBlik «operativka»li ilk smartfon va uning xususiyatlari haqida yozgan edik.

O‘QING: iPhone 12 Pro’lar rekord hajmli «operativka»ga ega, lekin Samsung va Xiaomi flagmanlari...

Endi esa Xiaomi’ning raqibi undan to‘rt karra kuchli – tezkor xotira hajmi naq 64 gigabaytga teng smartfon tayyorlabdi! Meizu 17th Plus rusumli mazkur qurilmaning ekrani yoqiq holatidagi ilk «jonli» surati internetga chiqdi:

Rasmda yana Meizu 17th Plus flagmanining boshqa asosiy xususiyatlari ham aks etgan: Snapdragon 865 chipseti va 512 GBlik doimiy xotira. Uning kamerasi uch modulli bo‘lib, 100, 20 va 20 megapiksellik sensorlarni o‘z ichiga oladi.

Ko‘rib turganingizdek, Meizu 17th Plus flagmani displeyida old kamera uchun kemtik yoki tirqish yo‘q. Aftidan, kompaniya uni korpusning yuqori qirrasidan chiquvchi mexanizmga joylagan yoki bevosita ekranning ortiga yashirgan.

O‘QING: Meizu yoki Xiaomi: kimning smartfoni yaxshiroq?

Aytish kerakki, Plus-versiyasidan tashqari, mazkur kompaniyaning o‘n yettinchi avlod ilk smartfoni – Meizu 17th modeli ham hali namoyish etilmagan. Biroq kuni kecha uning birinchi surati tarqalgan edi:

Meizu ushbu ikkita smartfonini shu yil bahorda namoyish etishi kutilmoqda.

O‘QING: «Qoch yo‘ldan, Xiaomi!» – Snapdragon 855 protsessorli eng arzon smartfon sotuvga chiqdi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.