Kutilmagan xavf: Xiaomi smartfonlarida barmoq izi skanerini ham kamera qilib ishlatsa bo‘lar ekan! («jonli» video)

  •   DiMaX
  •  9174
  •  11.08.2020 11:03

Kutilmagan xavf: Xiaomi smartfonlarida barmoq izi skanerini ham kamera qilib ishlatsa bo‘lar ekan! («jonli» video)

Reddit foydalanuvchilaridan biri Xiaomi Mi 9T smartfonidagi antiqa bir xususiyatni sezib qolgan. Uning forumda yozishicha, ushbu modelning maxfiy sozlamalarida daktiloskopni o‘z funksionalidan boshqa maqsadlarda ham qo‘llanadigan qilish mumkin ekan!

O‘QING: Samsung smartfonining daktiloskopini ikki karra tezlashtiramiz!

Xiaomi Mi 9T smartfoni – Xitoyning o‘zida Redmi K20 modeli sifatida chiqqan qurilmaning global versiyasidir. Unda bir qator ilg‘or texnologiyalar qatori, ekranosti daktiloskopik datchik ham qo‘llangan.

Reddit foydalanuvchisi esa shu skanerda mikrokamera mavjudligini payqab qolib, so‘zining isboti sifatida bu xususiyatni ko‘rsatuvchi videoni ham forumda e’lon qilgan. XDA Developers resursining bosh muharriri Mishal Rahmon (Mishaal Rahman) esa uni Twitter orqali ulashgan:

To‘g‘ri, bunda barmoq izi skaneri orqali olinadigan tasvirning sifati juda past, lekin bu baribir smartfon egasi uchun xavfli himoya tirqishidir, deydi Mishal Rahmon.

XDA Developers bosh muharririning qo‘shimcha qilishicha, bu – datchikning xavfsizligi bilan bog‘liq muammo emas, balki gap smartfonning proshivkasida. Xiaomi esa hozircha bu borada biror rasmiy izoh bermayapti. Sizning smartfoningizda ham ekranosti daktiloskop qo‘llangan bo‘lsa, uning sozlamalarini qarab ko‘ring-chi – balki boshqa modellarda ham shu himoya zaifligi bordir.

Darvoqe, maxfiy sozlama orqali har qanday Android-smartfonni «uchib» ishlashga majburlash, ularning barmoq izi skaneriga tezkor funksiyalar qo‘shish, mazkur datchikni bir urinishdayoq ishlaydigan qilish, smartfonning old kamerasiga virtual fotochaqnoq qo‘shish usullari haqidagi yo‘riqnomalarimiz ham sizga ma’qul kelsa kerak.

O‘QING: Beshta narx toifasidagi eng zo‘r Android-smartfonlar (AnTuTu reytinglari, 2020 yil iyul)

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!