Kutilmagan xushxabar: Redmi Note 8 hatto Redmi Note 7’dan ham arzon sotiladi!

  •   DiMaX
  •  11628
  •  27.08.2019 10:22

Kutilmagan xushxabar: Redmi Note 8 hatto Redmi Note 7’dan ham arzon sotiladi!

«Xitoycha Apple» ushbu haftaning payshanba kuni Redmi Note 8 va Note 8 Pro smartfonlarini namoyish qiladi. Shuningdek, ushbu tadbirda yana Redmi TV rusumli televizori hamda yangilangan RedmiBook 14 noutbuki ham ko‘rsatiladi.

O‘QING: Redmi Note 8 Pro'dagi protsessorni Kirin 810 va SD 710 bilan solishtirib ko‘rsatishdi

Kecha, ya’ni 26 avgust kuni ushbu ikki smartfonning narxlari haqida ma’lumot chiqdi. Avvalo, «Pro» versiyasi narxiga nazar solsak, uning 6/128 gigabaytlik tezkor/doimiy xotiraga ega boshlang‘ich talqini 252 dollarga baholanadi. Weibo ijtimoiy tarmog‘ida uning xususiyatlari va narxi Redmi Note 7 Pro bilan taqqoslangan jadval tarqalmoqda:

Ko‘rib turganingizdek, Redmi Note 8 Pro o‘zining «ajdod»idan narxda uncha farq qilmaydi (225 va 252 dollar), ammo xususiyatlari ancha yuqori.

O‘QING: "To‘rtko‘z" Redmi Note 8 Pro ilk marotaba «jonli» suratlarda namoyon bo‘ldi.

Bundan tashqari, hindistonlik mashhur insayder Mukul Sharma (Mukul Sharma) kecha «oddiy» Redmi Note 8 narxini ham aytgan. Unga ko‘ra, Xiaomi mazkur smartfonining boshlang‘ich versiyasi uchun atigi 140 dollar so‘raydi! Bu esa hatto «yong‘oqchaqar» deya tavsiflangan Redmi Note 7 modeli (sotib olish) narxlaridan ham arzon! Qiyoslash uchun keltirib o‘tsak: bu smartfon narxi Xitoyda 147 dollardan, Hindistonda esa 141 dollardan boshlangan, keyinchalik ayrim talqinlari arzonlashtirilgan.

Arzonligiga qaramasdan, Redmi Note 8 boshqa kompaniyalarning bundan qimmat smartfonlari bilan bemalol bellasha oladi. Shu paytgacha bozorga chiqqan aksariyat Xiaomi telefonlarini esa Terashop.uz internet-do‘konimizdan atigi 670 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlarda xarid qilish mumkin.

O‘QING: "Jamoa! Brigada! Bizga qo‘shil!": Xiaomi, Vivo, Oppo va Realme birlashishdi!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!