Kutilmaganda Android 11 taqdimot tadbiri ham bekor qilindi!

  •   DiMaX
  •  623
  •  04.03.2020 09:04

Kutilmaganda Android 11 taqdimot tadbiri ham bekor qilindi!

Google kompaniyasi ham koronavirus tufayli tadbirlarni bekor qilish tendensiyasiga qo‘shildi. Ma’lum bo‘lishicha, bu yil uning Google I/O konferensiyasi o‘tkazilmaydi.

O‘QING: Facebook dasturchilar konferensiyasi bekor qilindi

Google I/O anjumanlari shunisi bilan muhimki, qidiruv giganti odatda ushbu tadbirlarda Android operatsion tizimining yangi versiyalarini namoyish qilib keladi. Endi bu yilgisining bekor qilinganligi sababli, navbatdagi – Android 11 talqini hamda yangi avlod Pixel smartfonlarining anonsi qachon bo‘lishi noma’lum bo‘lib qoldi.

Dastlabki rejaga ko‘ra, Google I/O 2020 konferensiyasi 12–14 may kunlari San-Fransisko shahrida bo‘lib o‘tishi kerak edi. Uning bekor qilinganligi munosabati bilan Google ushbu tadbir uchun biletlar sotib olganlarga pullarini qaytara boshladi.

O‘QING: Dasturchilar uchun Android 11 taqdim etildi – yangi imkoniyatlar bilan tanishamiz!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.