Kutilmaganda benchmarkda Redmi Note 10 qo‘lga tushdi!

  •   DiMaX
  •  2114
  •  22.07.2020 12:24

Kutilmaganda benchmarkda Redmi Note 10 qo‘lga tushdi!

Xiaomi kompaniyasi Redmi Note 9 rusumli smartfonini 30 aprel kuni taqdim etgan edi. Mazkur qurilma Redmi brendi ostidagi to‘qqizinchi avlod fabletlarining eng arzoni bo‘lib, bir qator texnik xususiyatlari va 199 dollardan boshlanuvchi narxi bilan kishini quvontiradi.

O‘QING: Xiaomi smartfonlari va boshqa devayslarini 26 iyulgacha yanada arzon olsa bo‘ladi

Redmi Note 9 namoyishidan keyin uch oy ham o‘tmay turib, Xiaomi uning keyingi avlodini tayyorlab ulguribdi! Biz avvalroq Redmi Note 10 modelining TENAA’ga chiqqan suratlari va xususiyatlarini e’lon qilgan edik. Shuningdek, mazkur smartfon may oyida ketma-ket ikki hafta mobaynida eng ommabop smartfonlar reytinglariga kirgan.

Endi bo‘lsa, AI benchmark samaradorlik testi servisi ma’lumotlar bazasida ilk bor Redmi Note 10 smartfoni «ko‘zga tashlandi». U yerda aks ettirilishicha, Xiaomi navbatdagi fabletini MediaTek kompaniyasining Dimensity 820 protsessori bazasida yaratgan. Mazkur chipset 7 nanometrlik texnologik jarayonga asoslangan bo‘lib, o‘zida 5G-modemni, 2.0 GGs chastotali to‘rtta Cortex-A55 yadrosini hamda 2.6 GGs chastotali ikkita Cortex-A76 yadrosini jamlagan va Snapdragon 765G protsessorining asosiy raqibi hisoblanadi.

Redmi Note 10 yana bir nechta modulli kamera hamda 8 gigabaytlik tezkor xotira bilan ham ta’minlangan. Uning Android 10 operatsion tizimi talqini ustiga qurilgan MIUI 12 grafik qobig‘i bilan chiqarishsa kerak, boshqa tafsilotlar hozircha noma’lum.

Xiaomi, Redmi va Poco smartfonlarining global proshivka, global versiya va xitoycha versiyalari, ularning o‘zaro farqi haqida mana bu maqolamizdan batafsil ma’lumot olishingiz mumkin.

O‘QING: Xitoycha va global MIUI 12 proshivkalari iyul-avgust oylarida keladigan Xiaomi, Redmi va Poco smartfonlari ro‘yxatlari chiqdi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!