Kutilmaganda hamyonbop Honor 9X Lite taqdim etildi, tag‘in Google servislari bilan!

  •   DiMaX
  •  1146
  •  17.04.2020 15:59

Kutilmaganda hamyonbop Honor 9X Lite taqdim etildi, tag‘in Google servislari bilan!

Huawei kompaniyasining subbrendi Honor 9X Lite rusumli smartfoni haqidagi mish-mishlar fevraldan beri tinchib qolgandi. Hali taqdim etilmagan ushbu qurilma o‘shanda Pokistondagi dilerlardan birining onlayn listingida paydo bo‘lgan edi.

O‘QING: Honor 30, 30 Pro va 30 Pro+ taqdim etildi: 424 dollardan boshlanuvchi 5G-flagmanlar!

Kecha – 16 aprel kuni umuman kutilmaganda Yevropada ushbu smartfon namoyish etildi. Honor 9X Lite dastlab Finlyandiya, keyinroq boshqa mamlakatlar bozorlariga chiqariladi.

Yangi smartfon unchalik yangi bo‘lmagan protsessor – Kirin 710 bazasiga qurilgan. Buning sababi – xitoylik texnogigant ayni shu chipsetli Honor smartfonlarini Google servislari bilan chiqarishga haqli.

O‘QING: Dunyodagi eng kuchli smartfon, protsessor va proshivkalar TOP-o‘ntaliklari (Master Lu reytinglari, 2020 yil 1-chorak)

Honor 9X Lite yangi dizaynda, 4/128 gigabaytlik tezkor/ichki xotira bilan taqdim etilgan, unga yana microSD formatli xotira kartasi ham tushadi. Smartfon ekrani diagonaliga 6,5 dyuymlik, tasvir aniqligi esa FullHD+ formatida. Displeyning yuqori qismi markazida 16 megapiksellik old kamera uchun katta kemtik mavjud.

Devaysning bosh kamerasi esa yangicha ko‘rinish kasb etgan va uning 48 megapiksellik asosiy moduli F/1,8 diafragma bilan taqdim qilingan. Qo‘shimcha – 2 megapiksellik chuqurlik datchigi esa F/2,4 diafragmali ob’yektivga ega. Shuningdek, barmoq izi skaneri ham orqa qopqoq o‘rtasiga joylangan.

Honor 9X Lite akkumulyatori tok sig‘imi 3750 mA/soatlik va u 10 vattlik asosda tezkor quvvatlana oladi. Smartfonga Android 9 Pie operatsion tizim talqini asosida tayyorlangan EMUI 9 grafik qobig‘i o‘rnatilgan. Kompaniya bu modeli uchun 30 apreldan, 199 yevro narxida oldindan buyurtmalar ola boshlaydi; ochiq savdoga esa uni 14 maydan chiqarishadi.

Darvoqe, ishlatilsa ham narxini ko‘p yo‘qotmaydigan smartfonlar top-o‘ntaligidagi naq yettita o‘rinni aynan Huawei va uning Honor brendiga mansub modellar band etganidan xabaringiz bormidi?

O‘QING: Huawei P40 lite'ning ichini ochib ko‘rishdi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!