Kutilmaganda kutilgan xushxabar: Android smartfonlar keskin arzonlashadi!

Kutilmaganda kutilgan xushxabar: Android smartfonlar keskin arzonlashadi!

Xiaomi'ning Sanoat sarmoya bo‘limi hamkori Pan Jiutang'ning prognozicha, bir necha oydan so‘ng Android'da ishlovchi 4G smartfonlar narxi keskin tushib ketadi. Bu haqida MyDrivers.com sayti xabar bermoqda.

Bunga qator omillar sabab. Avvalo, Xitoyda iPhone 11 smartfonlari o‘ta arzonlashtirildi. Agar xitoylik ishlab chiqaruvchilar Apple bilan raqobatga bardosh bermoqchi bo‘lsa, ular ham flagmanlari narxini maksimal darajada kamaytirishiga to‘g‘ri keladi.

Bundan tashqari, 5G'ning tezkor rivojlanib borishi Xitoyga ushbu tarmoqni keng joriy qilishga imkon yaratgani bois 5G aloqali mobil qurilmalar sonining kundan-kunga ortib borishi 4G smartfonlarga bo‘lgan qiziqishni kamaytirib yubormoqda. Hozirda hatto o‘rta toifa smartfonlar ham 5G'da ishlay oladi.

Uchinchi sabab aynan COVID-19 pandemiyasi bilan bog‘liq. Yevropa, Shimoliy va Janubiy Amerika kabi asosiy smartfon bozorlarida xaridlar deyarli to‘xtab qolgan. Ushbu vaziyatda hamyonbop narx taklif qilish smartfon ishlab chiqaruvchi kompaniyalar uchun har qachongidan ham muhimroqdir.

Apple nima uchun iPhone 11 oilasi narxlarini kamaytirganiga qiziqayotgan bo‘lsangiz, javob oddiy: pandemiya sabab savdolar yaxshi emas; kompaniya keyingi avlod iPhone'larini chiqarishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

O‘QING: Samsung birinchi chorak yakunlarini e’lon qilish arafasida: «Uch yulduz» foyda qildimi yoki zarar? 

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!