Kutilmaganda: MIUI 13 anonsi shu haftadayoq bo‘lib o‘tishi mumkin!

  •   DiMaX
  •  1022
  •  03.11.2020 16:41

Kutilmaganda: MIUI 13 anonsi shu haftadayoq bo‘lib o‘tishi mumkin!

Xiaomi hali o‘zining smartfonlariga MIUI 12 asosidagi proshivkalarni to‘liq tarqatib ulgurmay, shu yil bahordayoq MIUI 13 versiyasini tayyorlashga kirishgan. Biz uning dastlabki skrinshotlarini, shuningdek interfeysidan olingan ilk videosini ham chiqarganmiz. Lekin keyinroq...

O‘QING: Bizni aldashibdi: MIUI 13’ga yangilanuvchi Xiaomi, Redmi va Poco smartfonlarining katta ro‘yxati

Endi esa Xiaomi kompaniyasi o‘z yurtida dasturchilar uchun MIDC 2020 konferensiyasini uyushtirayotgani ma’lum bo‘ldi. Shu haftaning o‘zidayoq, ya’ni 5–7 noyabr kunlari bo‘lib o‘tadigan ushbu anjuman turli sohalarni qamrab oladi: tezkor quvvatlash texnologiyasi, yangicha displey texnologiyalari va hokazo. Insayderlarga ko‘ra, mazkur tadbirda MIUI 13 anonsi ham berilishi kutilmoqda.

To‘g‘ri, bunda yangi avlod grafik qobig‘ining to‘laqonli taqdimoti o‘tkazilmaydi. Zero, bundan oldingi – MIUI 12 versiyasining to‘laqonli namoyishi o‘zi shu yilning aprelidagina bo‘lib o‘tgan.

Xiaomi dasturchilar jamoasi avvalroq ma’lum qilishlaricha, MIUI 13 grafik qobig‘ida animatsiyani yaxshilashga e’tibor qaratiladi. Unda super-oboylar funksiyalari takomillashtiriladi va foydalanuvchilarning o‘zlari super-oboylar yaratishlariga imkon beriladi.

Qualcomm kompaniyasi dekabr oyida o‘zining yangi flagmani – Snapdragon 875 protsessorini taqdim etishini rasman e’lon qilgan. Xitoylik korporatsiyaning Xiaomi Mi 11 hamda Redmi K40 smartfonlari ushbu chipset bazasidagi ilk smartfonlar bo‘lishi kutilmoqda. Mazkur flagmanlar MIUI 13 grafik qobig‘i bilan chiqishi ehtimoli ham bor.

O‘QING: Redmi K40 qaysi jihati bilan Xiaomi Mi 11’dan ham ilgarilab ketyapti?

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!