Kvant himoyaga ega Galaxy Quantum 2 smartfoni chiqdi

  •   DiMaX
  •  1668
  •  14.04.2021 17:32

Kvant himoyaga ega Galaxy Quantum 2 smartfoni chiqdi

Samsung «eng qudratli Galaxy qurilmasi»ning namoyish kunini e’lon qilganidan xabaringiz bor. Bundan tashqari, kompaniya o‘z ma’lumotlarining xavfsizligidan xavotirlanadigan insonlar uchun o‘zining yangi smartfonini taqdim etdi, deb yozadi Daryo nashri.

O‘QING: Samsung yangi «o‘lmas» smartfonini sertifikatladi, lekin...

Samsung Galaxy Quantum 2 modeli maxsus QRNG kvant chipi bilan boshqa modellardan ajralib turadi. U qurilmaning platasiga qotirilgan bo‘lib, shifrlashdagi tasodifiy sonlar generatsiyasining to‘liq ishlashiga javob beradi — bu smartfonlardagi ma’lumotlarni jiddiy himoyalashni ta’minlaydi. O‘zgalar biror usul bilan smartfonni qo‘lga kiritganda ham, ularni shifrlash kalitini baribir topa olmaydi.

Mish-mishlarga ko‘ra, Galaxy Quantum 2 asosini Galaxy A82 modeli tashkil etadi. Hali taqdim qilinmagan bo‘lsa-da, biz allaqachon uning anboksing videosini ham chiqarganmiz. Kvant himoyali smartfonga Full HD+ sifatni qo‘llab-quvvatlaydigan va 120 gers yangilanish chastotasiga ega AMOLED-displey o‘rnatilgan, protsessori — Snapdragon 855+, akkumulyator sig‘imi esa 4500 mA/soatni tashkil etadi.

Kvant smartfonining birinchi versiyasi kabi Galaxy Quantum 2 ham faqat Janubiy Koreyada sotuvga chiqadi. Uning narxi 600 AQSh dollarini tashkil etadi.

Aftidan, Samsung hozircha kvant himoyani tajribadan o‘tkazmoqda va uning o‘rtacha statistik xaridorga kerak yoki kerakmasligini tekshiryapti. Keyinroq kompaniya uni qolgan modellarda ham joriy etish bo‘yicha qaror qabul qilishi mumkin.

O‘QING: 200 dollarlik bu «o‘lmas» smartfonni bir oyda ikki martagina quvvatlash kifoya! (+video)

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!