Kvotalar to‘liq tasdiqlandi: yo‘nalishlarni endi DTM saytida tanlash mumkin!

  •   DiMaX
  •  662
  •  05.07.2021 11:24

Kvotalar to‘liq tasdiqlandi: yo‘nalishlarni endi DTM saytida tanlash mumkin!

Davlat qabul komissiyasining 1-son bayoni bilan maqsadli qabul parametrlari va davlat buyurtmasi parametrlarining tillar kesimidagi taqsimoti tasdiqlandi. Bu to‘g‘rida Davlat test markazi deya xabar bergan, deb yozmoqda Sof.uz nashri.

O‘QING: Abituriyentlar diqqatiga: onlayn ro‘yxatdan o‘ting!

Endilikda abituriyentlar my.dtm.uz saytining «Qabul-2021» bo‘limi orqali fanlar majmuasi bir xil bo‘lgan beshtagacha bakalavriat ta’lim yo‘nalishini tanlashlari mumkin.

Abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish joriy yilning 22 iyuliga qadar (22 iyul kuni ham) davom etadi.

Mazkur muddat davomida abituriyentlar o‘z ma’lumotlarini o‘zgartirishlari hamda chet tilidan milliy yoki xalqaro sertifikatga ega bo‘ladigan bo‘lsa, sertifikat ma’lumotlarini tizimga kiritishlari mumkin.

O‘QING: Davlat test markazi ijtimoiy tarmoqlar va Telegram-kanallardagi firiblardan ogohlantirdi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.