Samsung Galaxy A51'ning to‘liq tavsifi bilan tanishamiz: Laboratoriya sinovlari — displey, akkumulyator avtonomligi, audio sifati

Samsung Galaxy A51'ning to‘liq tavsifi bilan tanishamiz: Laboratoriya sinovlari — displey, akkumulyator avtonomligi, audio sifati

Bo‘limlar:
1. Samsung Galaxy A51'ning to‘liq tavsifi bilan tanishamiz: Kirish

2. Samsung Galaxy A51'ning to‘liq tavsifi bilan tanishamiz: Dizayn

3. Laboratoriya sinovlari — displey, akkumulyator avtonomligi, audio sifati

4. Samsung Galaxy A51'ning to‘liq tavsifi bilan tanishamiz: Qadoqdan Android 10 va One UI 2

5. Samsung Galaxy A51'ning to‘liq tavsifi bilan tanishamiz: Kamera borasidagi sezilarli o‘zgarishlar

6.5 dyuymli Infinity-O Super AMOLED

Galaxy A51'ga 6.5 dyuymli Super AMOLED displey o‘rnatilgan bo‘lib, panel rezolyusiyasi 1080x2400, forma faktori esa 20:9 ga teng. Panel Infinity-O yechimida ishlangan, ya’ni selfi kamera uchun tomchisimon emas, balki aylana tirqish ochilgan. A51 va A71 kompaniyaning flagman bo‘lmagan, biroq Infinity-O displeyli ilk smartfonlaridan bo‘ldi.Ekranning Moslashuvchan yorug‘lik yoqilgandagi maksimum yorug‘ligi 636 nitga tengligi o‘lchangan. Minimum yorug‘lik darajasi bo‘lsa 1.8 nit.Natural rejimi sRGB ranglarini to‘liq holda ko‘rsatishga qaratilgan; rang farqi o‘rtacha 1.8 deltaE'ni tashkil qiladi. Ammo 100% Yashilda esa og‘ish darajasi 5.4 ga teng.

Samsung Galaxy A51 avtonomligi

Galaxy A51, A seriyasining aksariyat vakillari va A50 kabi, 4 000 mA/soatli akkumulyatorda ishlaydi.

Wi-Fi orqali internetdan foydalanilganda qurilma quvvati 13 soat 30 daqiqaga yetadi. Smartfonning to‘liq quvvati bilan 14:22 soat video tomosha qilish mumkin. Quvvat 22 soat qo‘ng‘iroq amakga oshirish imkonini beradi. Umumiy olganda, Galaxy A51'ning avtonomlik vaqti 86 soatni tashkil qiladi.Qadoq tarkibidagi adapterdan foydalanib, Galaxy A51'ni 2:14 soatda to‘liq quvvatlash mumkin. Yarim soatda zaryad miqdori 0% dan 35% ga chiqadi.

Audio sifati

Endigi navbat audio jek orqali ovoz sifatini tekshirishga keldi. Samsung Galaxy A51 aktiv tashqi kuchaytirgich bilan juda sifatli tovush hosil qila oldi va ovoz balandligi ham yuqori darajada bo‘ldi.

Quloqchinda tovush balandligi yuqori holida qoldi, biroz qo‘shimcha buzilishlar hamda ozroq stereofonik shovqin kuzatildi. Barcha holatlarni hisobga olganda, o‘rta toifadagi qurilma uchun bu – a’lo natija.

Keyingi sahifa: Qadoqdan Android 10 va One UI 2

Xulosa

8балл

Умумий баҳо

Qaerdan sotib olish mumkin?

 Afzalligi

 Kamchiligi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.