Lapsus$ xakerlarining "kattasi" kim ekanligi ma’lum bo‘ldi!

Lapsus$ xakerlarining

London shahri politsiyasi 16-21 yosh orasidagi yetti nafar o‘smirni yaqinda paydo bo‘lganiga qaramay qisqa vaqt ichida bir nechta yirik texno kompaniyalarga kiberhujum uyushtirgan, ularning ma’lumotlarini tarqatib yuborib, Lapsus$ nomi bilan ommaga tanilgan xakerlar guruhiga aloqadorlikda gumon qilinib hibsga oldi, deb xabar bermoqda BBC News.

Internetda "White", "Breachbase" taxalluslariga ega va autizim kasalligi bor Oksfordlik 16 yoshli yigit Lapsus$ kiberjinoyatchilik guruhi rahbarlaridan biri sifatida ayblanmoqda. Uning kimligi, qayerda yashashi oilasi haqidagi ma’lumotlar raqib xakerlar guruhi tomonidan tarqatib yuborilgan va o‘zining bir necha yillik "karera"sidagi kiberhujumlardan olgan foydasi 300 Bitcoin ($14 million atrofida) ekanligi aytilmoqda.

Bloomberg nashrining xabarlariga ko‘ra, hozirda to‘rtta kiberxavfsizlik tadqiqotchilari Lapsus$'ni kuzatishmoqda va ular ham Oksford yaqinida onasi bilan yashaydigan o‘smir bolani guruh "kattasi" ekanligini ishonishadi. Uning haqidagi raqib xakerlar tarqatib yuborgan manzilda o‘zini bolaning onasi deb tanishtirgan ayol o‘g‘lining bu harakatlaridan bexabar ekanligini va u bilan hech qanaqasiga intervyu qilishga ruxsat bermasdan, politsiyaga qo‘ng‘iroq qilishini aytgan.

Otasi esa: "Men yaqin vaqtgacha bu haqda hech qachon eshitmaganman. U hech qachon xakerlik haqida gapirmagan, lekin u kompyuterda juda yaxshi va kompyuterda ko‘p vaqt sarflaydi. Men uni har doim o‘yin o‘ynaydi deb o‘ylardim. Biz uni kompyuterda o‘tirishni to‘xtatishga harakat qilamiz." deya javob bergan BBC nashriga.

Lapsus$ guruhi shu va o‘tgan oy ichida Nvidia, Samsung, Ubisoft, Okta va Microsoft kompaniyalariga hujum uyushtirgan va ularning ma’lumotlarini tarqatib yuborganliklari haqida o‘zlarining Telegram kanallarida xabar berishgan.

Yettita o‘smirdan tashqari yana bir brazilyalik bola ham bu ishlarga aloqador ekanligi aytilmoqda. Manbalar huquqiy sabablarga ko‘ra o‘smirlar nomlarini oshkor qilishmagan. Kiberhujumlar ortidagi motivatsiya hali ham noma’lum, biroq kiberxavfsizlik tadqiqotchilari guruhni pul va mashhurlikni sabab qilib ko‘rsatishmoqda. Hozirda politsiya ularning barchasini tergov ostida qo‘yib yuborgan.

O‘QING: Bu zararli ilovani hoziroq smartfoningizdan o‘chirib tashlang!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.