Las-Vegas ostida Ilon Mask tonneli ishga tushdi, unda Tesla tezligi 185 km/soatga chiqdi!

  •   DiMaX
  •  743
  •  29.05.2021 15:51

Las-Vegas ostida Ilon Mask tonneli ishga tushdi, unda Tesla tezligi 185 km/soatga chiqdi!

Xabaringiz bo‘lsa kerak, Ilon Mask hozirga qadar 8 ta kompaniyaga asos solgan. Ular quyidagilardir: Zip2, PayPal, SpaceX, Tesla, Hyperloop, OpenAI, Neuralink va The Boring Company.

O‘QING: Maymunni chiplashtirib videoo‘yin o‘rgatgan Mask endi odamlarni chiplashtirish muddatini aytdi

The Boring Company shu haftada Las-Vegas konferens-markazi (Las Vegas Convention Center) ostida barpo etilgan LVCC Loop tezkor tonnelini sinab ko‘ra boshladi. Aniqrog‘i – unda faqat bir tomonlama harakatli, har biri 1,2 kilometrlik ikkita tonnel test qilinmoqda. Internetda unda harakatlanib ko‘rgan kishilarning ko‘plab suratlari va videolavhalari tarqalmoqda.

Tonnellar yer yuzasidan 10 metrcha pastda qurilgan, ularni sinash uchun Tesla elektromobillaridan foydalanishyapti. Ular qatorida Model 3, Model X hamda Model Y rusumli mashinalar bor.

Yuqoridagi lavhada LVCC Loop tonneldagi rekord – 185 km/soatlik tezlik qayd etilgan. Tonnelning rasmiy taqdimotida unda harakatlanish tezligi 240 km/soat qilib belgilanadi.

O‘QING: Ilon Mask hali chiqmagan Tesla Cybertruck salonini ilk bor ko‘rsatdi: ekran, shturval...

The Boring Company ta’kidlashicha, ushbu tonnellar 45 daqiqalik sayohatni atigi ikki daqiqalik safarga aylantiradi. Kompaniya ular orqali soatiga 4400 nafar yo‘lovchi tashishni yo‘lga qo‘ymoqchi, ammo ayrimlar bir soatda 1200 kishigacha tashish mumkin, deb hisoblashmoqda.

Kompaniya butun shahar osti bo‘ylab o‘tuvchi shunaqa tonnellar tizimini qurishni istaydi. Ularning o‘tkazuvchanligi soatiga 50 ming kishiga yetishi mumkin.

O‘QING: Ilon Mask kompaniyasi dinozavrlarni tiriltirishga tayyorligini e’lon qildi!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!