«Layfxaker»ga ko‘ra 2019 yilning eng foydali Android-ilovasi

  •   DiMaX
  •  2082
  •  27.12.2019 13:18

«Layfxaker»ga ko‘ra 2019 yilning eng foydali Android-ilovasi

Yaqinda App Annie tahlil firmasi keyingi o‘n yil mobaynida bunyo bo‘ylab eng ko‘p yuklab olingan mobil dasturlar o‘ntaligini e’lon qilgan edi. Ommabop va foydali «Layfxaker» nashri esa o‘z versiyasiga ko‘ra 2019 yilning eng zo‘r ilovasini aytdi.

O‘QING: Ingliz tilini o‘rganish uchun 15 ta eng yaxshi ilova

Tahririyatning fikricha, yakuniga yetayotgan yilning Android‑smartfonlar uchun eng yaxshi dasturi – Digitox ekan. Phosphorus tomonidan taqdim etilgan ushbu butkul bepul ilova kishining smartfonga tobelikdan qutulishiga yordam beradi.

Aslida aksariyat Android‑smartfonlarda «Raqamli farovonlik» («Digital Wellbeing» – «Sifrovoye blagopoluchiye») funksiyasi mavjud va u haqda mana bu maqolamizda ma’lumot berganmiz. Lo‘nda qilib aytganda, u gadjetdan foydalanishingiz statistikasini yuritadi, aynan nimalarga ko‘proq vaqtingizni isrof qilayotganingizni anglashga, ularni cheklash yordam beradi.

Digitox ilovasi esa mana shu funksiyadan mahrum smartfonlarga shu foydali imkoniyatlarni baxsh etadi. U sizning eng ko‘p qaysi dasturlarni ishlatayotganingiz, qancha bildirishnoma olayotganingiz va smartfonni qanchalik tez-tez yoqayotganingizni ko‘rsatadi.

O‘QING: Ijtimoiy tarmoqlarga tobelikdan qutulish yo‘llari...

Mazkur dasturiy ta’minot bugungi va kechagi kun uchun, shuningdek, o‘tgan hafta uchun ham statistikani tayyorlab beradi. Shuningdek, smartfoningizdagi istalgan ilovaning kunlik ishlash vaqtiga limit qo‘ya oladi. Nafaqat bu, balki umuman smartfondan foydalanishingiz vaqtiga ham limit qo‘yishga qodir u!

Gadjetlarga bog‘lanib qolish – bugungi kunda tobora ko‘p uchrayotgan xavfli omillardan biridir. Olimlar hatto unga nom ham qo‘yishgan: nomofobiya – biror muddatga smartfonsiz qolishdan qo‘rqish kasalligi. Digitox esa aynan shunga chalinishning oldini olishda tengi yo‘q yordamchidir.

Agarda siz ham farzandlaringizning yoki o‘zingizning smartfonga, undagi ilova va o‘yinlarga haddan ortiq ruju qo‘yishingiz mumkinligidan cho‘chisangiz, Digitox dasturini mana bu havola orqali o‘rnatib oling.

O‘QING: Xakerlar eng ko‘p qaysi smartfonlarni va ilovalarni «sevadilar»?