LCD-televizor va monitor ekranidagi dog‘larni oson ketkazishning eng arzon usuli

  •   DiMaX
  •  2835
  •  29.10.2019 17:06

LCD-televizor va monitor ekranidagi dog‘larni oson ketkazishning eng arzon usuli

Uyingiz yoki ishxonangizdagi televizorning ekranini va kompyuteringizning monitorini tozalashda odatdagi tozalovchi vositalarni umuman ishlatmaslik kerak. Xususan, suyuq kristalli ekranlarga ularning tarkibidagi ammiak moddasi zarar yetkazadi.

O‘QING: DIA 2019: eng zo‘r displeylar e’lon qilindi

Ekrandagi changni yoki barmoq izini shunchaki yumshoq quruq latta bilan ham tozalasa bo‘ladi, ammo jiddiy dog‘lar bo‘lsa-chi? Buning uchun mutaxassislar maxsus qo‘lbola aralashma tayyorlashni tavsiya etishadi. Uning yordamida hatto markerda chizilgan izlarni ham ketkazsa bo‘ladi, eng asosiysi – u juda arzonga tushadi.

Ushbu «mo‘’jizaviy» aralashmani tayyorlash uchun bizga oddiy distillangan suv hamda izopropil spirti (izopropanol) kerak bo‘ladi. Bunday spirtni dorixonalar yoki xo‘jalik mollari do‘konlaridan topish mumkin.

DIQQAT! Izopropanol o‘rniga boshqa (etil spirti, atseton, toluol, etil kislota, ammiak yoki metilxlorid kabi) moddalarni qo‘llab bo‘lmaydi. Shuningdek, oyna yuvish vositalarini ham ishlatmaganingiz ma’qul – ularning tarkibida ammiak bo‘ladi.

O‘QING: Televizor tanlashda nimaga e’tibor qaratish kerak?

Demak, distillangan suv va izopropanolni teng miqdorda aralashtirib olamiz. Keyin mayin (lekin paxmoq bo‘lmagan) matodan qilingan toza lattani unga bo‘ktirib olib, siqib tashlaymiz. Shunday ho‘l latta bilan LCD-ekranlarni qattiq bosmasdan, yengil harakatlar yordamida artsa bo‘ladi. Ushbu aralashma displeyni yarqiratishi bilan birga, unga zarar yetkazmaydi ham.

YoDDA TUTING! Mazkur aralashma bilan artishdan avval televizor yoki monitorni elektr tarmog‘idan uzish, agar qizib turgan bo‘lsa, sovigunicha kutish kerak bo‘ladi. So‘ng esa dastlab oddiy quruq latta yordamida uning changini olamiz, keyin esa aralashmaga bo‘ktirib, siqib olingan latta bilan artamiz. Tozalash ishlarini tugatgach, ekranning o‘zi qurishini kutamiz va butkul quriganidan keyingina yoqamiz.

Darvoqe, Terashop.uz internet-do‘konimizda turli televizorlarni 1 155 000 so‘mdan boshlangan narxlarda sotib olish, monitorlarni esa atigi 799 000 so‘mdan boshlangan narxlar evaziga xarid qilish mumkin.

O‘QING: Televizorni tekshirib xarid qiling

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!