LeEco S1 Pro - bu xitoycha iPhone 14 Pro'mi?

LeEco S1 Pro - bu xitoycha iPhone 14 Pro'mi?

LeEco o‘zining yangi S1 Pro smartfonini taqdim etdi. Qurilma iPhone 14 Pro modeliga juda o‘xshab ketadi. Unda hatto iPhone 14 Pro modelidagi dinamik orol funksiyasi ham bor. 

O‘xshashlik faqat dizaynda holos. Texnik ko‘rsatkichlar bo‘yicha LeEco'ni umuman iPhone bilan solishtirib bo‘lmaydi. Qurilma 60 gertsda ishlovchi 6.5 dyuymli LCD displeyi bilan jihozlangan. U 12 nanometrli Zhanrui T7510 chipiga ega bo‘lib, unda to‘rtta 1.8 gigagertsli Cortex-A75 hamda to‘rtta 1.8 gigagertsli Cortex-A55 yadrolari joylashgan. Garfika uchun Imagination 9446 javob beradi. 

Smartfonning faqat 8/128GB xotiraga ega turi bor holos. Gadjetga 5,000 mAs sig‘imli akkumulyator o‘rnatilgan. Uni 10 vatt tezlikda quvvatlash mumkin. Asosiy kamera rezolyutsiyasi 13MP, selfi kamera esa 5MP. Qurilmaning narxi taxminan 134 dollarni tashkil qiladi. 

O‘QING: Galaxy A34 5G Geekbenchʼda qo‘lga tushdi 

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.